Asosiy mavzular
24 july 2025

ANGRYeNDA 4 ERKAK VOYaGA YeTMAGAN QIZNI ZO‘RLADI

O‘zbekiston pedofiliya va jinsiy zo‘rovonlik, gender tengsizligi avj olgan davlatga aylangani kundan kunga ochiqroq namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistondan so‘nggi xabarlar, Xorazmda kap katta bir xotin tomonidan nabirasiday keladigan qizning sazoyi qilinishi, Andijonda esa esa ro‘mol o‘ragan bir to‘da ayollar tomonidan yana bir qizning samosud qilinib sochi olinishi kabi xolatlar fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Keyingi xabar eca Angren shahridan. To‘rt nafar erkak voyaga yetmagan qizni zo‘rladi.

Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Angren shahrida voyaga yetmagan 14 yashar qizni 4 kishi muntazam ravishda zo‘rlab kelgani, ularning bir nafari voyaga yetmagan shaxs ekanligi aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Bolalar ombudsmani nazoratga olgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Aniqlanishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 9 may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov jarayoni ustidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

«Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyat yuzasidan olib borilayotgan ish yurituvi bo‘yicha kuzatuvni olib bormoqda. Shu bilan birga, jabrlanuvchi qizga tegishli protsessual huquqlar kafolatlanganligini ta'minlash masalasi ham doimiy monitoringda,» – deyiladi xabarda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur holatni alohida nazoratga olgan. Agentlikning hududiy «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari jabrlangan bolani himoyalash va reabilitatsiya qilish yuzasidan o‘z vaqtida kompleks choralarni ko‘rmoqda.

Voyaga yetmaganlarga barcha zaruriy himoya choralari, jumladan, psixologik yordam, ijtimoiy maslahat va tibbiy yo‘naltirishlar ko‘rsatildi. Markaz mutaxassislari bola va uning oilasi bilan tizimli ravishda ish olib bormoqda.

Qiz hozirda bronxopnevmaniya va anemiya tashxisi bilan kasalxonada davolanmoqda.

Eltuz O‘zbekistondagi pedofiliya, jinsiy zo‘rovonlik, seksizm va gender tengsizligiga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
18 march 2017
Keyingi 2 oy mobaynida Andijon shahrida oltita pichoqbozlik qayd qilingan. Andijon shahar Ichki Ishlar boshqarmasining o‘tgan payshanba maxalliy nashrlarga ...
25 november 2025
1993 yilning oxiri va 1994 yilning baxorida ko‘p voqealar bo‘lib o‘tdi. O‘g‘uz Salim Boyjonning taklifi bilan, unga maslaxatchi bo‘lib, ...
5 january 2026
1941 yil urush boshlanganganida o‘zbekning ulug‘ rassomi Baxrom Hamdamiyni ham urushga olib ketishdi va u urushning ilk kunlarida o‘ldi. ...
12 august 2025
Xolmo‘min Yodgorov O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga tayinlandi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...