Ko‘zqarash
28 september 2015

Ozod odamlar orasida

Bu savolni qo‘yishimga sabab, ba'zi o‘zbekdan chiqqan «dono»larning Rossiyaga ish izlab borayotgan hamyurtlarimizga surbetlarcha shu tamg‘ani yopishtirayotgani bo‘ldi.

Aslida ish izlab chiqqanlarning ko‘pi tobe bo‘lmaslik uchun chet elga chiqqan. Ko‘plarida oliy ma'lumot bor, ammo xohlamaydi korruptsiya botqog‘iga botgan, qonxo‘r tuzumga xizmat qilishni.

Paxta mavsumida majburan dalaga haydalsa, boshqa paytlar ko‘cha yig‘ishtirish, obodonlashtirish ishlariga, aholidan har-xil to‘lovlrni yig‘ishga majburan jalb etilsa.

Maoshi plastik kartaga o‘tkazilsayu, naqd pulga almashtirish uchun yigirma-o‘ttiz foiz pora bersa, yana kamiga har-xil tadbirlarga deb ushlab qolinsa.

Eng asosiysi shuncha adolatsizliklar bo‘lsada o‘z noroziligingni bildira olmasang, ikki gapni birida hukumatdan minnatdorligingni izhor qilib tursang (ehtiyot shart, «quloq» ko‘p).

Endi adolat yuzasidan aytinglarchi kim qul, kim mute?! O‘z jismoniy kuchiga tayanib, bo‘lmag‘ur mafkuradan fikran, ruhan ozod bo‘lgan odamlarmi?! Yoki erta-indin paxta terimiga majburan haydaladiganlarmi?!

Akmal Nabiev,
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 november 2025
Bu savoldan oldin  jaxlim chiqdi. Meni taniganlar biladi. Odamga o‘xshagan odamman. Keyin  o‘ylandim. Kecha janubiy Yevropadagi qishloq yo‘lidan yuraëtsam ...
20 november 2025
Simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. ...
18 november 2020
Ertalab mosh sotdim. Ko‘p emas, besh yuz kilo. Moshimni sotib olgan tadbirkor yigit: «Moshning pulini bugun kechga o‘zim uyingizga ...
9 may 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi O‘zbekiston prezidentining 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xotira maydonida OAV vakillariga bergan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...