Ko‘zqarash
15 october 2015

Zilzila oldidan

Shuhrat Bobojon,
Eltuz.com

Salvador Dalining bir asari bor. «Grajdanlar urushini oldindan his qilish» degan. Rassom do‘stim Hakimjon Turdiev esa 1985 yili «Zilzila oldidan» deya nomlangan rasm chizgan edi.

Rasmda zillat va g‘aflatga botgan Toshkent mahallasi tasvirlangan edi. Zilzilani esa faqat it va kuchuklar sezgani rasmda aks etgan edi. Bu rasm Moskvadagi Manej maydonida namoyish qilinganida munaqqidlar maqtoviga sazovor bo‘ldi.

Taniqli munaqqid bu rasmdagi majoz kodini ochib bergan edi. Munaqqidga ko‘ra rasm butun mamlakat kutaëtgan ijtimoiy zilzila haqida ishorat edi. Albatta biz munaqqidning bu gapiga e'tibor bermadik.

Sal o‘tmay Sovet Ittifoqining oëg‘i osmondan kelganida Hakimjon chizgan rasm haqida esladik. Rassom savqi tabiiy bir his bilan ulkan talafotni seza olgan holda tasvirlagan edi.

Bugun Toshkent zohiran tinch. Ammo Toshkent itlari zanjirini uzib osmonga qarab uvillamoqda.

Tag‘in o‘qing
16 january 2018
GM Uzbekistan o‘zi ishlab chiqargan avtomobillarga aktsiz solig‘i 5 barobardan ziyodroqqa kamaytirilganiga qaramay, bu narxlar pasayishiga sabab bo‘la olmasligini ...
24 october 2015
Namangan viloyati Kosonsoy tumani Chindovul qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Sh.Rustamov fuqaro A.Toshpo‘latovdan uning otasini Saudiya Arabistoniga – haj ziyoratiga ...
6 june 2016
O‘tgan oy O‘zbekiston telekanallari «ish»ni 9 may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtboshining urush faxriylariga ko‘rsatgan «ulkan ehtiromi ...
17 may 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikda seminar tashkil etilgani haqida xabar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...