Asosiy mavzular
15 march 2016

Turkiya jannat va jahannam orasida

rasm933
Ota turk ko‘chasidan 60 km narida rus uchoqlari aholi ustiga bomba ëg‘dirmoqda

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on kamida 34 kishining umriga nuqta qo‘ygan Anqara portlashlaridan so‘ng «terrorizmni tiz cho‘ktirish»ga va'da bergan bo‘lsada mamlakat beqarorligicha qolmoqda.

O‘tgan oyda Anqarada harbiy karvonga hujum oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan edi.

rasm934
Suriyalik bu aël o‘z vatanini faqat rasmlarda ko‘radi

Bir tarafdan PKK terrorchi guruhi jangarilari ikkinchi tarafdan mamalakatga milliondan ziëd qochqinlar bilan birga Suriyadan kelgan ko‘rinmas IShID qo‘poruvchilari vaziyat tarangligini ta'minlamoqda.

Ikki saylov o‘tgan keyingi olti oy ichida Anqarada amalga oshirilgan uch hujum Turkiyani boshqaraëtgan Adolat va taraqqiët partiyasining siësiy xatosi uchun to‘lov sifatida ko‘rinmoqda.

Kurort mavsumi oldidan rus sayëxlaridan mosuvo bo‘lgan o‘rta yer dengizi oromgoxlarida esa yuz minglab suriyalik qochqinlar muvaqqat qo‘nim topgan.

rasm928
Dengiz soxilidagi Silifka mavzeida suriyalik qochqin bolalar nargiz gullarini sotib yurishibdi.

Dengiz soxilidagi Silifka mavzeida suriyalik qochqin bolalar nargiz gullarini sotib yurishibdi.

Yo‘l bo‘yidagi belgida esa bu yerning nomi jannat ekani ëzilgan. Sal narida esa jahannam degan joy bor ekan. Jannat va jahannam deb ëzilgan lavh osilgan yo‘ldan 60 kilometr naridagi Suriyada esa janglar bormoqda.

Nargiz gullarini sotib yurgan Halablik bola uchun Suriya jahannam timsoli. «Suriya jahannam», deydi Rashid ismi bu 12 yashar bola.

Rashid nargiz gullarini sotgan pulini onasiga oborib berishini aytadi:

«Onam qayiqchiga pul berib dengiz orqali bizni yevropaga jo‘natmoqchi. Men Suriyada jahannamni ko‘rdim, lekin Turkiya ham jannat emas ekan. Onamning aytishicha jannat Germaniyada» deydi beqaror bo‘lgani tezroq tark etish orzusida bo‘lgan Rashid.

Abdujamil Do‘stmuhammad

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 july 2020
6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi «Qizil kxmerlar» kelganini, ular butun mamlakat bo‘ylab fashistik diktatura ...
11 december 2018
Toshkentda 10 dekabr kuni «Ijtimoiy media mahsulotlari» tadbirida «Bi-Bi-Si» o‘zbek xizmati «O‘zbekiston do‘stlari» diplomi bilan mukofotlandi. Tadbirda diplom va ...
24 january 2018
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev avtobusda tiriklayin yonib ketgan farg‘onalik 16 yo‘lovchini «haromi» deb haqoratladi. O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yo‘lovchilar ...
14 february 2017
Taqiq va cheklovlarga qaramasdan o‘zbek ëshlari nishonlaydigan «Sevishganlar kuni» haqida maqola ëzgan o‘zbek jurnalisti Darmon Ibragimov bu kunga “bayram ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...