Kundalik
3 november 2015

Namanganliklarga erkinlikning sababchisi kim ekani eslatildi

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

2 noyabr kuni Namangan viloyat radiosining «Radiomaqola» dasturida Ozodlik radiosi xaqida gap bordi. deb xabar berdi vodiylik blogger Azizbek.

«Ayrim xorijiy Ommaviy Axborot Vositalari bugun o‘zlarining mog‘or bosgan mikrofon va kameralarini Namanganga tug‘riladi» deb so‘z boshlagan radio jurnalisti, gapni uzoqdan boshlab, «yurtimizda tinchlik va barqarorlik xamda demokratiya va erkinlik asosida qabul qilinayotgan qonunlar fuqarolarning farovon yashashi uchun zamin bo‘layotgani» xaqida to‘lib toshib gapirgan.

«Biroq, O‘zbekistonimizning yutuqlarini ko‘ra olmaydigan, o‘zini Sadriddin deb tanishtirgan tuban kimsa, yot buzgunchi goyalar asosida yoshi 85 yoshdagi falonchi fistonchi otaxonga telefon kilib, uyi nokonuniy buzilayotgani va unga kompensatsiya puli berilmayotganligi to‘g‘risida intervyu olgan»

«Shu bois biz Otaxonning uyiga shu mavzu yuzasidan tashrif buyurdik» deb eshittirishni davom ettirgan jurnalist, Otaxonning o‘g‘illariga so‘z beradi.

«Zasekrechenniy nomerdan ko‘ng‘iroq bo‘ldi. Men xam Otamning tanishi bo‘lsa kerak deb yugurib olib borib beribman telefonni. O‘zi aslida otam telefonni qanday ushlashniyam bilmaydi va bilmasdan ismini aytib kuyibdida» deydi ovozida nadomat oxangi bilan katta o‘g‘il.

«Otam faqat ismini aytdi xolos, keyin aloqa uzilib qolgan, boshqa gap gapirganiyam yo‘q. Biz bu voqeadan judayam qayg‘udamiz» dedi yig‘lamsirab yana bir o‘g‘il.

Va nixoyat, jurnalist mikrofonni Otaxonga tutdi. Otaxon xam gapni urush davri qiyinchiliklaridan boshladi.

«Urush faxriysiman. Qornimiz och, ustimiz yo‘q bir xolatda katta bo‘ldik. Xattoki shaxsimni tasdiqlovchi xujjatniyam 20 yoshimda olganman. Mana qarang, qanaqa go‘zal xayotda yashayapmiz! Prezidentimizga raxmat! Yurtimizda kechayotgan obodonchiliklar meniyam ilxomlantiradi. Telefonda gaplashishni men bilmayman bolam. Kim bilan gaplashganimniyam bilmayman. Bu ishimdan qattiq pushaymonman» deb gapini tugatdi otaxon.

Eshittirishni yakunlar ekan radiojurnalist fuqarolarga yurtimizdagi bu qadar to‘kinlik va erkinlikning sababchisi kim ekanligini yana bir bora baland ovozda eslatdi va Ozodlikning xoin va vatanfurush jurnalistlariga umuman intervyu bermaslikka chaqirdi.

Tag‘in o‘qing
30 november 2025
Rossiya 2026 yilda Ukraina bilan bo‘lgan urushga kamida 166 milliard dollar sarmoya kiritadi. Kreml shahanshoxi allaqachon yangi byudjetni imzolab bo‘ldi. Bu ...
10 november 2025
Baxtiyor Iso o‘ldi. Tabriklayman. Endi u hech qaerga ish so‘rab bormaydi. Endi uni ishga olmaslik uchun ortiq bahona to‘qish ...
11 april 2017
Stokgolm hujumchisi samarqandlik Raxmat Aqilov telefonidan chiqqan so‘nggi SMSlar odamni junbushga soladi. «Yomon, bir nechtasinigina bosdim xolos. Mashina boshqa ...
23 november 2017
Toshkent markazidagi Kinochilar uyi va o‘ndan ortiq ma'muriy binolar poytaxt hokimligi qaroriga binoan buzilmoqda. «Binolar o‘rniga «ToshboshplanLITI» davlat unitar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...