Kundalik
20 may 2016

Har bolaga 25 kilo temir-tersak

Farg‘onalik M.ismli ayol 1-sinfda o‘qiydigan qizchasini maktabga jo‘natdiyu, Xalq ta'limi vazirligining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish uchun qo‘liga telefon oldi.

“Yosh bolagayam 25 kilo temir-tersak deydimi?”, o‘ylandi u. Soatga qaradi. Endigina 7 dan 30 daqiqa o‘tibdi. Hali “Ishonch telefon”lari ish boshlashiga bir yarim soatdan mo‘lroq vaqt bor ekan. Ishlariga unnadi.

Ayolning jig‘ibiyron bo‘lishida jon bor. Bugun maktablarda metallom, makalatura, baklashka “operatsiya”lari qizg‘in davom etmoqda. Har uchchala narsani olib kelmagan o‘quvchilarga sinf va maktab rahbarlari tomonidan dakki berilmoqda, “ertaga maktabga kirgazmayman” deya ular qo‘rqitilmoqda.

Maktablarning birini sinf rahbari bilan aynan shu masalada gaplashdim.

-Sinfimda 40 nafar o‘quvchi o‘qiydi, – dedi muallima. 600 kilo metallom topshirishimiz kerak. Har bir o‘quvchiga 25 kg. metallom, 5 kilodan makalatura, 5 donada baklashka olib kelish topshirig‘ini berganman. Majburman. Mendan maktab rahbari talab qilmoqda.

Maktab rahbari bilan bog‘langanimda esa u 1200 nafar o‘quvchi o‘qiydigan maktab uchun “yuqoridagi”lar yetti yarim tonna metallom topshirish shartini qo‘yganligini aytib berdi.

“Yaxshiyam tushungan ota-onalar bor” dedi direktor quvonch bilan, bir ota-ona 1,5 (bir yarim tonna) temir olib kelib berdi va “Bolalarga aytmay qo‘yavering, ustoz, men yana qancha kerak bo‘lsa olib kelib beraman” dedi, deya xursand bo‘ldi.

O‘quvchilar olib borgan metallom, makalatura va baklashkalari uchun hech qanday haq olmaydi. Metallom, makalatura, baklashka olib bormagan o‘quvchilar esa sinfiga qarab 10 ming so‘mdan 15 minggacha pul berishlari majburiydir.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 october 2020
42 yoshli Bahrom virus yuqtirib olganini ahvoli yomonlashgandan so‘ng tahlil topshirgach bildi. Unda nafas yetishmovchiligi bo‘lgani uchun zudlik bilan ...
26 september 2015
O‘zbekiston Mehnat vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi tarqatgan, “Paxta – rizq-ro‘zimiz!” sarlavhali varaqada jumladan quyidagi so‘zlar yozilgan. Paxta yig‘im ...
18 october 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 36-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) L.A.N Meni yengolmadi ...
30 december 2020
Ichida prezident va'zlari qamalgan smartfon sotuvga chiqdi. Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...