Kundalik
16 november 2015

Huquq himoyachisi O‘ktam Pardaev qamoqqa olindi 

Bugun, 2015 yil 16 noyabr kuni taxminan ertalab soat 8.30 huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevning Jizzax shahridagi uyiga militsiya xodimlari kelishgan. Ular tintuv o‘tkazib, barcha hujjatlar, kompyuter, fotoapparatlarni musodara qilishgan va O‘ktam Pardaevning o‘zini Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga olib ketishgan. Bu haqda huquq himoyachisi Yelena Urlaeva xabar berdi.

Soat kunduzgi uchlar atrofida, Umida Niyozova,  O‘zbek-Nemis Forumi (Berlin) raxbari, O‘ktam Pardaev bilan telefon orqali qisqa gaplashishga muvaffaq bo‘lgan. O‘ktam Pardaev tergovchining kabinetida bo‘lgan va huquqiy yordam va advokat olish uchun toshkentlik huquq himoyachilari bilan bog‘lanishini so‘ragan. U o‘zining hibsga olinishi sababi to‘g‘risidagi savolga javob bermagan. 

O‘ktam Pardaev, o‘zbek amaldorlari zo‘rovonliklaridan fuqarolar huquqini ochiq himoya qilayotgan O‘zbekistonda qolgan kam sonli huquq himoyachilaridan biri sanaladi. So‘nggi ikki oy mobaynida u O‘zbekiston paxta dalalaridagi majburiy mehnat monitoringi bo‘yicha faol shug‘ullangan edi.

Eltuz

Tag‘in o‘qing
17 april 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
2 february 2024
– Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
20 september 2016
Xalqaro korruptsiyada ayblanib ishdan ketgan hukumat mulozimi Abdulla Oripovning qayta lavozimiga qaytarilganini rassom Adolat Eltuz.com nashriga jo‘natgan yangi suratida ...
2 august 2024
O‘zbekiston bo‘ylab hokimliklar yoki kadastr agentligi yer hamda uy-joylar taqsimoti, o‘zlashtirish, davlat zahirasiga o‘tkazish bo‘yicha jinoiy ishlar amalga oshirishi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...