Dayjest
8 april 2016

Endi hokimlik ham bitiruvchiga «ish topib beradi»

Gazetaning yozishicha, bu yildan boshlab kollej bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama shartnoma tuzish tartibi joriy etilgan. Endi shahar, tuman hokimliklari ham bitiruvchini ishga joylashtirish to‘g‘risidagi shartnoma sub'ektlaridan biri sifatida unga imzo chekadi.

Ilgari «bitiruvchi-kollej-ish beruvchi» tartibida uch tomonlama shartnoma tuzilardi va aslida bitiruvchi ish bilan ta'minlanmasa ham shunday bitta qog‘ozni olib borib, «ish bilan ta'minlangan» bo‘lib qolaverardi. Shu orqali O‘zbekistonda hay-hay demasa kollej bitiruvchilarining hammasi ishli ekani to‘g‘risidagi hisobotlar berilar, lekin unga birov ishonmasdi.

Endi bu yolg‘onga hokimlik ham jo‘r bo‘ladiganga o‘xshaydi. Chunki ish bo‘lmasa, hokimlik bitiruvchini qaerga joylashtiradi? Shartnomadagi imzo ko‘paygani bilan ish joyi ko‘paymayotganini «yuqori»ga qanday aytsin!? Undan ko‘ra hisobot uchun shartnomaga imzo qo‘yilsa, ham bosh tinch, ham «yuqori» xursand!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 december 2015
Amnesti tadbirlari doirasida Shvetsiya maktablarida Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan installyatsiyalar o‘rnatildi. “Gimnaziyamizning qorong‘u bir burchagida panjaralar o‘rnatdik, panjara ortiga ...
11 january 2024
Qirg‘iziston parlamenti kecha, ya'ni 10 yanvarda ko‘pchilik ovoz bilan deputat Emil Jamg‘irchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdi. Mazkur qarorni ...
9 august 2023
Dehqonobodlik ziëli olim «hokimlarni saylash kerak» degan fikr aytdi. Quloqqa yaxshi eshitiladi, ammo qoramolga aylantirilgan to‘daning tanlovi davlatni tanazzulga ...
6 january 2026
O‘zbekistonda poraxo‘rlikka qarshi kurash davlat siyosati darajasida e'lon qilingan. Lekin ayrim jinoyat ishlari borki, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ular ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...