Kundalik
15 december 2015

Jukovskiy 18 yil qamoqqa hukm qilindi

Bugun Ostersund tuman sudi Obid Nazarovga suiqasdda ayblangan toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.

Shvetsiyada taniqli imom Obid Nazarovga o‘q otilgan mash'um 2012 yilning 22 fevralidan buyon davom etgan tergov surishtiruvlarida Yuriy Jukovskiyning ko‘plab telefon so‘zlashuvlari, bir uchi O‘zbekistonga bog‘liq jinoiy guruhlarga aloqador daliliy ashyolar sinchiklab o‘rganib chiqilgan.

Sud shuningdek, jinoyat joyi yaqinida tashlab ketilgan ryukzakdan topilgan to‘pponchani asosiy dalil sifatida tan oladi, Toshkentdan jo‘natilgan qotil imomni ayni to‘pponcha orqali og‘ir yaralagan deya hisoblaydi.

Bu ryukzakni qotil bir kun avval Ostersund do‘konidan harid qilgan edi.

Shuningdek sudda O‘zbekistondan muxolifat vakillarini yo‘q qilishga jo‘natilgan qotillar guruhi kallakesarlaridan biri Tigran Kaplanov (o‘zbek pasportiga ko‘ra Umidbek Aminov) bilan Yuriy Jukovskiy aloqalari fosh etildi.

Nazarovning advokati Rayan, Eltuz.com muxbiri bilan suhbatda, Toshkentdan jo‘natilgan Yuriy Jukovskiyning sherigi  Tigran Kaplanov parallel tarzda o‘zbek muxolifati lideri Muhammad Solihga va boshqa shaxslarga ham suiqasd tashkil qilgan ayni shaxs ekanini bildirdi.

Qotil ustidan ilk hukm o‘qildi, biroq Shvetsiyadagi mahkama davom etishi oldinda kassatsiya muddatlari borligi aytilmoqda.

Qudrat Bobojon,

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 may 2019
Britaniyada yashayotgan mustaqil jurnalist Shohida Yoqub Birma (Myanma)dagi rohinja musulmonlariga qarshi zo‘rovonliklar haqidagi «Exiled» («Haydalganlar» yoki «Istalmaganlar») deya nomlangan ...
22 may 2019
Malika Sobirova 1942 yilning 22 mayida o‘zbek naychisi Abdurahim Sobirov va osetiyalik shifokor Madina opa oilasida tug‘ilib, ëshligidan nafosatga ...
17 may 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikda seminar tashkil etilgani haqida xabar ...
22 october 2018
Moskvada Karimov haykali ochilgan 18 oktyabr kuni o‘zbek migrantlaridan biri haykal oldida ta'zim qilib, uning poyini o‘pdi. Absurd holat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...