Kundalik
5 may 2016

Ictanbullik yigit o‘zbek ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonova o‘z jazmani 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) tarafidan 27 aprel oqshomida bo‘g‘ib o‘ldirilgani ma'lum bo‘ldi. (Oldingi habarimizda 29 aprel deb ëzilgan edi).

Eltuz.com bilan hamkorlik qilaëttan Istanbul turg‘uniga ko‘ra, jasad tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan paytida, o‘zbekistonlik Muborak Usmonovaning bo‘g‘ib o‘ldirilgani aniqlangan. Bu ayolni bilgan guvohlarning aytishicha, u Turkiyada noqonuniy yashagan va muqaddam O‘zbekistonga deport qilingan.

Keyinchalik jazmani Aziz Cholishqon ayolni yashirin yo‘llar bilan Turkiyaga olib kelgan. Har kuni urib azob bergan, boshiga shisha bilan urgan.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirganlikda ayblanib hibsda saqlanaëtgtan Aziz Chalishqon tergov paytida yangi tafsilotlarni aytib berdi.

Aziz Cholishqon politsiyaga bergan ifodasida o‘zi birga yashaydigan o‘zbek ayol bilan ichkilik ichgani va o‘rtalarida qandaydir janjal chiqqanini aytgan.

Qotil politsiyaga o‘z oyog‘i bilan kelgan

rasm1318
Qotillikda ayblanayotgan Aziz Chalishqon rasmi hozircha Eltuz.com o‘quvchilari uchun yopiq

Turkiya matbuoti tergov hujjatidagi Cholishqon ifodasidan iqtibos keltiradi:

“Muboraxon oshxonadan pichoq olib, “seni jinsiy a'zongni kesaman” deb menga tashlandi.Keyin, o‘zimni himoya qilish uchun ayolni urdim, keyin uxlab qoldim. Kechasi uyg‘onsam, ayolning tanasi muzdek sovuq. Shundan keyin politsiyaga o‘z oëg‘im bilan keldim” deyiladi muxtamal qotilga nisbat berilgan iqtibosda.

Bundan oldingi ifodasida Aziz Cholishqon “Har kuni urardim, ammo nega bugun o‘lganini tushunmay qoldim” degan edi.

Eslatib qo‘yamiz, Istanbulning Boshoqshahar (Başakşehir) mavzesida yashaydigan 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) 27 aprel oqshomida o‘z sevgilisini o‘ldirganiga iqrorligini aytib politsiyaga taslim bo‘lgan edi.

Bu e'tirof ortidan Zië Go‘kalp mahallasidagi Azizning uyiga borgan politsiya guruhi u yerda bir aëlning jonsiz tanasini ko‘rishgan.

Aniqlanishicha jasad O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonovaniki bo‘lib chiqdi. Ba'zi turk nashrlari maqtulning ismini Nuborakhon tarzida ham ëzishdi.

Jasadning badani kaltaklardan mo‘mataloq bo‘lib ketgan

rasm1316
O‘zbekistonlik Muborakxon Usmonova hamda uning muhtamal qotili Aziz Chalishqon yashagan uy

Politsiya vakillarining matbuotga bildirilishicha marxumaning badani kaltaklarardan mo‘matalaq bo‘lib ketgan va ba'zi joylari esa ërilib ketgan.

Xotinni o‘ldirganlikda gumon qilingan Azizning politsiyaga aytishicha “O‘rtada gap qochgan va mushtlar ishga tushgan”

“Bir musht uruvdim yiqilib yerga tushdi. Hushidan ketdi deb o‘yladim. Zotan har kuni urardim uni, taëqdan keyin hushiga kelib yig‘lab siqtab yuraverardi. Bu safar qattiqroq urdim chog‘i o‘lib qoldi”, deya e'tirof qilgan edi gumondor.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, o‘zbek aëlni o‘ldirishda gumonlangan Turkiya vatandoshi 55 yashar Aziz Cholishqon muqaddam bir nechta jinoyatlar sodir qilib jazo o‘tagan va politsiya nazoratida turgan.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, o‘zbek aëlni o‘ldirishda gumonlangan Turkiya vatandoshi 53 yashar Aziz Cholishqon muqaddam “o‘g‘irlik”,”tajovuz”, “pichoqlashuv” kabi oltita jinoyatlar sodir qilib jazo o‘tagan va politsiya nazoratida turgan.

Cholishqon oldingi xotini bilan ajrashgan va bir farzandi bor. Eltuz.com nashri marhumaning suratini e'lon qilyapti.

Bu aëlning jasadi O‘zbekistonga olib borilgani haqida ma'lumotimiz yo‘q.

Bilishimizcha jasad Istanbul adliya boshqarmasi morgida qolmoqda.

Voqea rivojini kuzatishda davom etamiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 september 2022
Estoniya, Latviya, Litva va Polsha  19 sentyabrdan e'tiboran turistik Shengen vizasi bo‘lgan rossiyaliklarni mamlakatga kiritmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Ular ...
21 march 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan siyosatshunos Bahodir Fayzni taklif ...
29 august 2025
Yuksak didli shoir do‘stimiz  Boltaboy Begmatovning maddox shoirlarga e'tirozi: Shoirlar poytaxtga ko‘chib ketdilar, Otiz senga qoldi, chel senga qoldi. ...
4 june 2025
54 yashar o‘zbek faoli va yutuber Yo‘lchiboy Ismoilov Uchko‘prik sudi tomonidan 23 may kuni uni jazolash uchun chiqarilgan hukm ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...