Kundalik
9 may 2016

Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov izolyatsiyadaligi iddao qilinmoqda

Eltuz.com manbasining aytishicha, bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi, Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasi rahbari “Ulug‘bek Ro‘ziqulov mamlakatdan chiqib ketish paytda MXX xodimlari tarafidan aeroportda to‘xtatilib izolyatsiya qilingan«.

Faqat bir manba aytayotgan bu “voqea” 7 may kuni peshindan keyin ro‘y bergan.

Manbaning aytishicha, Ro‘ziqulov GM-Uzbekistan bilan bogliq kriminal sxemalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergovchilarga so‘roq bermoqda.

rasm1352
Bu orada rassom Tuz Bosh vazir o‘rinbosarining qochishini hajv qildi. Eltuz.com

O‘zbekistonda GM Uzbekistan ishi bo‘yicha shirkat bosh direktori Tohir Jalilovdan tashqari yana kamida 10 odam hibsga olingani ortidan “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulovning ham tergovga chaqirilgani haqida Ozodlik radiosi bildirgan edi.

1 may kuni Eltuz.com avtosanoat uchun ma'sul bo‘lgan O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov “gunoh echkisi” sifatida qurbonlikka hozirlanayotgani haqida yozgan edi.

“Har xolda o‘tgan juma kuni Ro‘ziqulov o‘z vazifasidan iste'fo berish haqida arizani ëzdi” deb takidlagan edi Eltuz.com manbasi.

Ayni paytda Ro‘ziqulov Uzbekiston bosh vaziri urinbosari sifatida xukumat internet portalida turibdi. Uning hibs kilingani haqida rasmiy ma'lumot yo‘q.

Manbalarning aytishicha, boshqaruv elitasidagi aksar mulozimlardan farqli tarzda “uch xonali kvartirada namoyishkorona kamtar” istiqomat qiladigan va “o‘ta extiëtkor” Ro‘ziqulovni “maydondan supurib tashlash” uchun informatsion mujodala boshlangan.

Pul egalarining taxt uchun kurashi

rasm1353
Ayni paytda Ro‘ziqulov Uzbekiston bosh vaziri urinbosari sifatida xukumat internet portalida turibdi

Eltuz.com muxbirining o‘rganishicha, bu masala 26 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya rahbarlarining uchrashuv paytida ham kun tartibining matbuotga ochiqlanmagan qismida bo‘lgan.

Yana aniqlanishicha, Jalilovning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan avtomobil ishlab chiqarish sohasiga oid kompromatlar O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimovga qarshi guruhning ishidir.

Azimov muhtamal voris, ya'ni O‘zbekistonning “ertangi prezidenti” bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar ortidan Azimovga qarshi axborot urushi nishonalari ko‘rina boshladi.

Eltuz.com muxbiri, o‘z tasarrufidagi ma'lumot iddaolar asosida “Rustam Azimov guruhi o‘zlariga qaratilgan hujum strelkasini Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulovga qarshi yo‘naltirdi” degan hulosaga kelgan edi.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 august 2019
O‘zbekiston prezidenti keyingi 17 yil mobaynida ilk bor ta'tilga chiqdi. Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoevning 5 avgustdan qisqa muddatli ...
17 september 2020
O‘zbekistonda 2021 yildan bojxona xodimlarining farzandlari tavsiyanoma bilan oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qishga tanlovsiz qabul qilinishi mumkin. Vazirlar ...
22 november 2025
Salom qadrli muhlislar sizga taqdim etiladigan navbatdagi audiokitob taniqli o‘zbek shoiri, umrini O‘zbekiston mustaqilligi uchun bag‘ishlagan muxolifat lideri Muhammad ...
20 february 2016
Kuni kecha 7 yillik qamoq jazosiga xukm qilingan jizzaxlik fermer Aramais Avakyanning turmush o‘rtog‘i Shirin Tursinovani yashab turgan maxallasidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...