Kundalik
13 may 2016

“Avtomobil qiroli” qanday qilib kelajakka parvoz qildi

Kino ko‘rishni sevaman. Ayniqsa fantastik tragikomediya janridagi kinolarni. Kecha Roman Artemev suratga olgan “Chelovek iz buduщego” degan kinoni ko‘rdim. Kinoni mazmunini gapirib kino bozorini kasod qilish ishtiëqim yo‘q. Faqat kino sloganini aytaman xolos. Kino «Vse oshibayutsya i eto normalno!» (Barcha yanglishadi va bu odatiy xol) degan shior ustiga qurilgan.

Qizig‘i shundaki, “Barcha yanglishadi va bu odatiy xol” degan gapni Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov avtosanoatga oid nashrlardan birida ishlaydigan jurnalist og‘aynimga aytibdi.

rasm1389
O‘z TV 11 may kungi ko‘rsatuvida 14 maydagi tadbirda nutq so‘zlayotgan Ro‘ziqulovni ko‘rsatdi

Og‘aynimning aytishicha, Bosh vazir o‘rinbosari 104 million ikki yuzming AQSh dollari miqdoridagi sarmoya “uxlatilganini“ yanglishish deb bilibdi.

Har xolda GM Uzbekistan 2016 yil may oyida yangi Chevrolet Aveo modelini ishlab chiqarishni boshlashi lozim edi, ammo mashina chiqmadi.

Yangi T250 platforma asosida yasaladigan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun korxonaga kiritilgan 104,2 mln dollar investitsiya offshordagi “kissa” ga ketgani tipratikonga ham aën.

Ammo tergovchilar savolnomalarini detektiv roman kabi o‘qiëtgan Ro‘ziqulov “baloning o‘qiday” ishlab yuribdi deydi og‘aynim.

O‘zbekiston telekanali esa 11 may kuni kelajakdagi Ro‘ziqulovni namoyish qildi.

Ro‘ziqulov 14 mayda (?) ochilgan ekoforumda nutq so‘zladi.

Texnika mo‘'jizasini ko‘rganmiz, bitta mashinaning ikki marta sotilganini ham tushunamiz, ammo qanday qilib 14 may kungi tadbirda 5 kun oldin qatnashish mumkinligini anglashga tafakkurimiz ojizlik qildi.

Nima ham derdik «Vse oshibayutsya i eto normalno!»

Ali Qushchi,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2017
Andijon viloyati Shahrixon shahri va tumanida 15 may kuni yuzlab bemorlar zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga ëtqizilgan. Ozodlik radiosi ma'lumotiga ...
4 october 2018
Bugun o‘zbek tarixidagi eng qayg‘uli sana. Bundan roppa-rosa 80 yil burun, 1938 yilning 4 oktyabrida o‘zbek millati oydinlaridan iborat ...
22 december 2025
Qo‘shko‘pir xoni vaziri a'zamlariga buyruq beryapti. Rasm Qo‘shko‘pir tuman hokimligining telegram kanalidan olindi.
26 may 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 7-qismini taqdim etadi. Avtobusni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...