Kundalik
22 may 2016

Turkmanfilm kinostudiyasi rahbari ishdan haydaldi

O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasi boshlig‘i Saparmuhammad Jolliev o‘tgan hafta “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” sababli ishdan bo‘shatildi.

Bu haqda Turkmanfilm kinostudiyasidagi manbalar va mamlakat tashqarisidagi Gundo‘g‘ar nashri habar berdi.

Taniqli turkman kinochisi va ayni paytda mamlakat kino sanoati rahbarini ishdan bo‘shatish taklifi Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov tarafidan ilgari surildi.

Kino rahbarining ishdan bo‘shatilishi jamoatchilik orasida va ijtimoiy tarmoqlarda turli yo‘rimlarga sabab bo‘ldi.

Kino sohasiga yaqin bo‘lgan manbalar Jollievning ishdan bo‘shatilishi ortida “Turkmanfilmda mamlakat rahbarini ulug‘laydigan, Orqadog‘ siësatining haëtdagi samarasini ko‘rsatgan kino olmaganligi”bilan bog‘liq “sabab” ëtibdi deyishmoqda.

Turkmaniston prezidenti o‘z “siësati bois xalqning haëti yaxshilangani haqida” kinolar ishlanishini kutgan.

Manbalarning aytishicha, Turkmanistonda ishlangan kinolarni tomosha qilgan Qurbonquli Berdimuhammedovning “hafsalasi pir bo‘lgan”.

Bundan oldin Turkmaniston prezidenti mamlakatdagi telekanallar boshliqlarini ayni ayb, ya'ni “siësatning ijobiy samarasini” ko‘rsata olmaganlikda ayblab ishdan bo‘shatgan edi.

Saparmuhammad Jollievning ishdan bo‘shatilishiga kelsak, bu voqea borasida turkman rasmiy matbuotida biror satr ma'lumot yo‘q.

Shu o‘rinda Turkmanfilm kinostudiyasining matbuot hizmatining veb sayti ham yo‘qligini aytish lozim.

Shu bois rahbar almashinuvi borasida soha mutahasislarining rasmiy ko‘z qarashini o‘rganishning imkoni yo‘q.

Internetdagi Youtube portalida O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasida suratga olingan bir qator kinolarni tomosha qilish mumkin.

Turkmanfilmdan tashqari mamlakatda “Turkman ovozi” telekanali ham kinolarni suratga olib keladi.

Keyingi paytda suratga olingan kinolarning saviyasi pastligi borasida kinomunaqqidlar fikri bir joydan chiqadi.

Rasmiy Ashhobod nazoratidan chetda bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarda esa Turkmanistonda bir vaqtlar ilg‘or bo‘lgan kino sanoati oldingi marhum prezident Saparmurod Niëzov davrida vayron qilinganligini ëzishmoqda.

Shu kunlarda ishdan olingan Saparmurot Jolliev o‘z vaqtida turkman kinosini dunëga taintgan kinorejiser, Turkmaniston SSR da hizmat ko‘rsatgan artist Ortiq Jollievning o‘g‘lidir.

Perxat Meredov
Eltuz.com, Ashxobod

Tag‘in o‘qing
10 september 2021
Mana, hafta aylanib yana siz bilan hamsuhbatman. Qizim senga aytaman, kelinim sen ham eshit, degan format bor. Men suhbatni ...
15 april 2020
Amerikaning nufuzli Forbes jurnali ayollar boshqarayotgan davlatlar koronavirus epidemiyasini yengishni boshqalardan yaxshiroq uddalayotganiga e'tibor qaratdi. Islandiyadan Tayvangacha va Germaniyadan to Yangi Zelandiyaga qadar ayollar qiyin ...
19 october 2025
Bir vaqtlar Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning ittifoqchisi bo‘lgan Gulen 2016 yildagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishi ortida turganlikda ayblangan. Anqara ...
22 december 2025
Qo‘shko‘pir xoni vaziri a'zamlariga buyruq beryapti. Rasm Qo‘shko‘pir tuman hokimligining telegram kanalidan olindi.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...