Kundalik
2 june 2016

Tayinlangan rais saylandi

«Avval bizga uch nafar nomzod ko‘rsatiladi, deyishgandi», – deydi Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi saylovda ishtirok etgan mahallalarda yashovchi mo‘ysafid.

Uning Eltuz.comga bildirishicha, saylov maktabda o‘tkazilgan. Bir nafar saylanuvchi o‘z nomzodini kecha qaytarib olgan ekan, o‘rniga mahalla faollaridan birining nomzodini qo‘yishibdi.

«120 kishi ishtirok etsagina saylov haqiqiy hisoblanishi kerak edi, biroq 85 nafar saylovchi keldi, xolos», deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra hokimiyat tomonidan tavsiya etilgan nomzodga 50 nafar kishi ovoz berilgan.

«Biz ovoz bergan nomzod 35 ta ovoz oldi», deydi hamon demokratik saylovlardan umidvor mo‘ysafid.

Viloyatda bugun qishloq fuqarolar yig‘inlari raisligiga saylovlar faqatgina xo‘jako‘rsinga o‘tkazilmoqda.

Sababi, odatdagidek avvaldan tayinlangan, davlat manfaatlari uchun sidqidildan ishlashga va'da bergan nomzodgina ko‘p ovoz to‘playapti.

Nomzodlarning ko‘p qismi sobiq militsiya va huquq–tartibot idoralari xodimlaridir.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 december 2025
2023 yil 19 dekabr kuni Toshkentda korruptsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi qo‘l ko‘rinishidagi instalyatsiya monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda ...
27 december 2025
O‘zbekistonda yil yakunida davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga 13-oylik ish haqi to‘lanishi amaliyoti mavjud. Bu xodimlarni moddiy rag‘batlantirishning muhim vositalaridan ...
5 november 2025
Hindistonlik talaba Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan — va bor-yo‘g‘i 10 kun o‘tib halok bo‘lgan. Bu haqda ...
11 september 2018
«2006 yilga qadar «Koson» zonasining tashqi shtabi tomi ustidagi soldat va snay­perlar yarim yil to‘xtovsiz “terrorchilar”ni kutib yashashdi. Ular ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...