Dayjest
5 july 2016

Endi zavod paxta o‘g‘irlay olmaydi…mi?

Kun.uz internet sayti «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, 2016 yil paxta hosilini tortish, to‘g‘ri va tezkor o‘lchash, sifatli tekshirish maqsadida paxta zavodlarida zamonaviy elektron tarozilar o‘rnatish ishlarini olib bormoqda.

Kompaniya vakilining aytishicha, fermer zavodga olib kelgan paxta xomashyosining sanoat navi, namlik va ifloslik darajasi instrumental usulda aniqlanadi va qabul qilish uch zonali tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.

Birinchi zonada xomashyodan vakillar ishtirokida namuna olinadi. Ikkinchi zonada paxta elektron tarozida tortib ko‘riladi va fermer tabloda barcha natijalarni ko‘rib turadi. Uchinchi zonada esa paxta tushiriladi va partiyalarga ajratiladi.

“Paxtani qabul qilish, tortish, sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va qayd etish uchun maxsus elektron dastur yaratildi. Bu jarayonlar shaffofligini ta'minlash maqsadida har bir nuqtaga kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Yig‘ilgan ma'lumotlar markaziy tarmoqda yig‘iladi, jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib turiladi», deyiladi maqolada.

Biz bekorga bu mavzuga to‘xtalayotganimiz yo‘q. Chunki yig‘im-terimi mavsumida paxta zavodida shunchalik ko‘p qing‘ir ishlar amalga oshiriladiki, bu yer paxta tarmog‘idagi korruptsiyaning eng gullagan joyi, desa ham bo‘ladi.

Fermer ming mashaqqat bilan olib kelgan paxtani zavod taroziboni avval tarozidan uradi, laboratoriyada esa navi pasaytiriladi. Natijada zavodda hisobdagidan ortiqcha yuzlab tonna paxta xomashyosi xirmoni paydo bo‘ladi.

Mavsum oxirlab, rejani bajara olmasligi aniq bo‘lib qolgan fermerlar hokimiyat amaldorlari tomonidan qattiq siquvga olinadi, kerak bo‘lsa kaltaklanadi, xullas, paxta sotib olishga majburlanadi.

Ortiqcha paxta qaerda bor? To‘g‘ri, paxta zavodida. Fermer baquvvatroq bo‘lsa, pulini ko‘tarib kelib, nomiga paxta topshirdi qilinadi va uning hisobiga paxta yoziladi. Zavoddan sotib olingan paxtaning puli esa o‘sha amaldorlar o‘rtasida bo‘lib olinadi. Bu doirada zavod kattalaridan tashqari tuman hokimi, prokurori, militsiya boshlig‘i kabi kazo-kazolar bor. Ular havodan shu usulda pul qiladi. Fermerning o‘zidan urib qolib, o‘ziga sotiladi. Sopi o‘zidan chiqariladi.

Darvoqe, paxta zavodlaridagi bu qing‘ir ishlardan yuqoridagilarning xabari bor, shekilli, maqolada bu tan ham olinadi.

«Paxta elektron tarozilarda tortilganda “inson omili”ning ta'siri  tufayli ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko‘ra xatolar ehtimoli bartaraf etiladi, noqonuniy xatti-harakatlarga barham beriladi», deyiladi maqolada.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 march 2020
(Epistolyar esse) Marhaboga Ko‘pincha adabiy muhitdan charchaganimda senga sim qoqaman. Balki opamdek yaqinim bo‘lganing uchundir yoki injiqligimni ko‘taradigan ikkita ...
6 march 2019
“Milliy tarix” mohiyatan konstrukt ekanligi haqida ko‘p gaplashganmiz. Bugungi o‘zbek milliy tarixi o‘tgan asrning 20–40-yillarida Yakubovskiy va boshqa olimlar ...
18 january 2019
Prezident Mirziyoev mamlakatning xorijda muzlatilgan korruptsiya pullarini qaytarish va chet el sarmoyasi kiritishga jahd qilarkan, tag‘in O‘zbekistonning oldingi prezidenti ...
1 march 2025
Zelenskiy va Trampning yumurto xonadagi tortishuvlari haqida tarmoqning o‘zbek segmentida ëzilgan bitiklarga ko‘zim tushdi. Bu ëzuvlarda Zelenskiy «odob doirasidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...