Kundalik
6 july 2016

O‘zbekistonlik aël semizlikdan qutulish uchun Turkiyaga keldi

30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Munisa Oyxo‘jaeva Turkiyaga kelguniga qadar 128 kilo tosh bosgan edi.

Semizlikni hastalik deb bilgan Munisa oriqlash uchun Turkiyaning Eloziq (Elazığ) shahridagi shifoxonaga kelishga qaror qildi.

Munisa Oyxo‘jaevaning oshqozonida o‘tkazilgan jarroxlik amaliëti (sleeve gastrektomie) yaxshi natija berganligini jarrox Fadil Do‘g‘on (Fadil Dogan) Eltuz.com muxbiri bilan telefon suhbatda bildirdi.
Suhbatdoshga ko‘ra, amaliët besh kun oldin o‘tkazilgan va shu besh kun ichidaa Munira sakkiz kilo tashlagan.

Munisaning o‘zi esa Eloziqda 4 oy oldin xomsemizlikdan davolangan o‘zbek dugonasidan eshitib Turkiyaga kelganini aytadi.

«Dugonam 4 oy burun shu yerda amaliët bo‘ldi. U shunday oriqlab ketganidan tanimay ham qolibman. Unga havas qilib bu yerga keldim. Mana uch yildirki semizlikdan azob chekaman. Nihoyat men ham hipchagina bo‘lib yurish orzusiga erishdim», deydi Munisa Eltuz.com muxbiri bilan suhbatda.

Munisa kelasi olti oy ichida 60 kiloga ozish rejasini bildirdi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining o‘tgan oy Toshkentda o‘tgan davra suhbatida aytilishicha, o‘zbekistonliklar orasida noratsional ovqatlanish natijasida ortiqcha vazn muammosi avj olmoqda. Semizlik, ayniqsa, o‘smirlar orasida tobora ko‘payayotgani tashvishlidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 august 2017
Yodgor Obid – 1940 yilda Toshkent tumani Ko‘kterak mavzeyida tug‘ilgan. Moskvadagi Oliy adabiyot Institutida tahsil olgan. «Oqqush ertagi» nomli ...
14 september 2016
Shavkat Miromonovich Mirziyoev, vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishi bilanoq, o‘zining “oyboltasi”ni ishga soldi: 15 sentyabrdan boshlab O‘zbekistondagi aksar ...
6 december 2017
Prezident Mirziyoevning 4 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, xorijiy sayyohlar uchun oldingi 7-15 kunlik qisqa viza muddati 30 kunlik qilib belgilandi. ...
25 june 2020
Farg‘ona viloyatining Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida ipak qurti boqqan kam ta'minlangan oilalar Mehnat vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan va'da ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...