Kundalik
11 july 2016

Turkiyada 644 nafar o‘zbekka ishlash huquqi berildi

Turkiyada ishlash borasida vazirlikka murojaat qilgan 46 ming chet elliklardan 38 ming kishinig iltimosi qondirildi.

Turkiya ish va ijtimoiy himoya vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, ish istagida ariza berganlar orasida Markaziy Osiëdan kelganlar ancha:

“2355 kishi Qirg‘izistondan, 2220 kishi Turkmanistondan va 644 kishi O‘zbekistondan.”

Eltuz.com muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, Turkiyaga Qozog‘istondan ish so‘rab murojaat qilganlar deyarli yo‘q.

Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni to‘ldirgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bugungi kunda tirikchilik ilinjida Turkiya shaharlarini ham “ishg‘ol” qilmoqda.

O‘zbekistonliklar ko‘proq Istanbul, Antaliya, Izmir kabi yirik shaharlarda mehnat qilishi aytiladi.

Turkiyaning “Antaliya riverasi” nomi bilan mashhur dam olish maskanlari dengiz sohili bo‘ylab 550 kilometrga cho‘zilib ketgan.

Yozgi ta'tillar boshlanishi bilan Turkiyaning O‘rtaer dengizi qirg‘oqlari dam oluvchilar bilan to‘lib-toshadi.

Antaliya, ayniqsa, rossiyaliklarning eng sevimli dam olish maskanlaridandir.

Rus tilini biladigan o‘zbekistonliklar esa ularga xizmat ko‘rsatishda mahalliy turklarga eng mos keladigan xizmatchilar sirasiga kiradi.

Eltuz.com muxbirining o‘rganishicha, hozir Turkiyada ishlaëtgan o‘zbekistonlik ko‘plab muhojirlar noqonuniy ishlamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 february 2016
Avariya chog‘ida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, tag‘in to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan. Toshkentning Nukus va Shevchenko ko‘chasi chorraxasida 11 ...
7 february 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 42-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) SO‘ZBOShI O‘RNIDA Sof ...
1 november 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Sichqon kabi mitti jonivor ulkan filni o‘ldirishi mumkin, degan gapni birinchi sinf o‘qituvchim Zevarjon opa ilk ...
11 march 2022
Bugun 11-mart. Ya'ni 8-mart xalqaro xotin qizlar bayramidan  3 kun o‘tdi. Eltuz kanalining Yutubdagi obunachilari soni 300 mingdan oshdi.  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...