Dayjest
14 july 2016

Deputatlar saylovchilar ko‘ngliga taskin berib qaytdi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan parlamentga saylangan deputatlar o‘n kuncha o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilari bilan uchrashgan.

Bu uchrashuvlarda ular nima qilgani bilasizmi? Bilmasangiz, «Milliy tiklanish» gazetasini o‘qing, hammasini ochiq-oshkora yozgan.
Xususan, O‘zMTDK fraktsiyasi a'zosi Feruza Ibragimova Kogon saylov okrugida bo‘lib, saylovchilari bilan uchrashuvda prezidentning mustaqillik bayramining 25 yilligini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori «mazmun-mohiyati va qaror ijrosi haqida atroflicha fikr yuritgan».

Mustaqillik bayramini saylovchi o‘z imkoniyati darajasida qanday xohlasa, shunday o‘tkazaveradi. Ammo bayramni qanday o‘tkazishni Toshkentday joydan kelgan deputat ko‘rsatishi shartmikin?

«Bayramshunos» deputatning hamkasbi Akmaljon Jumaboev esa Andijondagi uchrashuvda «saylovchilarni qiziqtirgan masalalarga alohida e'tibor beribdi».

Ya'ni bayram haqida falsafa so‘qmay, «elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq masalalar Namangan viloyatida barpo etilayotgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stantsiyasi to‘liq ishga tushgach, yechimini topishi»ni ma'lum qilib, hech bo‘lmaganda xalqning ko‘ngliga taskin berib kelibdi.
Yana bir «milliy tiklagich» deputat Azamat Pardaev Samarqandning Paxtachi tumanidagi uchrashuvdan o‘z foydasiga xulosa chiqaribdi.

Uning aytishicha, «saylovchilar bugun o‘z vakiliga katta ishonch va umid bilan qarayapti».

Buni o‘zini o‘zi ishontirish deydilar. Deputat o‘zini shunday deb ishontirmasa, saylovchilar unga ishonishiga birov ishonarmidi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 january 2016
O‘zbekistonda fonogrammaga og‘iz qimirlatadiganlar ham «Xalq artisti» unvonini sotib olaëtgani borasida e'tirozlar bor. «Unvon sotish» jaraëni rassom Elesevar uchun ...
18 march 2023
Qrim yarim oroli Rossiya armiyasi nazorati ostida 2014 yilning 18 martida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. ...
20 december 2025
Bugun nafaqat oddiy bir inson, balki bir umr millat dardi bilan yashagan, hayotini yuksak g‘oyalarga baxsh etgan dissident shoir, ...
18 november 2020
The North Face kompaniyasi sankt-peterburglik shaxsning ayni markadagi yangi botinka ichidan topgan, mahkum uyg‘urning yordam so‘ragani bitilgan xati yuzasidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...