Video
16 july 2016

«Abossan» yoki «Yurtimizda tinch bo‘ssin!» klipi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi va yangisi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.

Klipdagi chupa chups va banan ushlab muqom qilayotgan qizlar endi shiorlar bilan bezangan shaharda «tinchlikka chorlovchi vatanparvarlar» kabi aks etishadi.

G‘aliz shevada o‘zbek zehniyatini aks ettirgan «Yurtimizda tinch bo‘ssin…» klipining asosiy muammosi tag‘in behayo tasvirlarda deya fikr bildiradi shou biznesga ixtisoslashgan Sayyod nashri.

Honandaning ayni klipiga qarshi o‘zbek mafkurasi va pop musiqasi bilimdoni sanalgan Jasur Hamroev keskin so‘zlar bilan yuzlanadi.

«Honandaning niyati yurtimiz tinchligini tarannum qilish» bo‘lmagan deydi u.

O‘z klipiga million muxlis yiqqan xonanda, «o‘z qilmishidan» ancha hijolat tortib «xato»ni klipmeykerga to‘nkaydi.

Ayni klipni ishlagan Rustam Ali esa o‘z navbatida buni o‘zidan soqit qilib qo‘shiq muallifini ayblaydi.

«O‘zi aybdor… men uning qo‘yniga chupa chups ushlagan qizlarni solib qo‘ya olmaymanku, chupa-chupslarni ham o‘zi olib kelgan bozordan»

Klipning yangi nusxasidan, Jasur Hamroev ta'biri bilan aytganda «abossan» ya'ni siyib qo‘ygan(?) ma'nosidagi so‘z ham o‘zgartirilgan, biroq qo‘shiq matnida bu saqlangan.

Qudrat Bobojon,
blogger, eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 march 2018
Prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik o‘qituvchi, 23 yoshli Diana Yenikeeva 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida ...
7 april 2016
2005 yilning may oyidagi Andijon shahrida yuz bergan voqealar xaqida xikoya qiluvchi “Sotqin” filmi shu kunlarda Jizzax viloyatida keng ...
25 november 2016
Eltuz.com uchun chizgan navbatdagi karikaturasida rassom Tuz Shavkat Mirziyoevni Karimov qabridan estafeta tayoqchasini olib ketayotgan tarzda aks ettiradi. «Karimovning ...
24 november 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...