Dayjest
26 july 2016

Tunnel bahona Oqsaroyga yo‘nalgan paxtalar

Qamchiq dovonidagi tunnel bahona Oqsaroyga yo‘nalgan paxta oqimi yanada kuchaydi. Butun O‘zbekiston matbuoti bugun shu qurilishni amalga oshirganlarga emas, ularga «rahnamolik» qilgan yurtboshi sha'niga hamdu sano aytish, unga «paxta qo‘yish» poygasida oldingi safda bo‘lishga intilish bilan ovora.

Avvaliga jurnalistlar oddiy odamlaru turli darajadagi deputatlar tilidan matbuotni shunday hamdu sano bilan to‘ldirdi. Shoiru yozuvchilar qarasa, bayroq boshqalarga ketadigan ko‘rinadi. Shuning uchun otni qamchilay boshlashdi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi otni qamchilagan ana shunday «chavandoz paxtakor»ning maqolasini e'lon qildi.

Maqola O‘zbekistona ishlab chiqarilayotgan mashinalar ta'rifi bilan, bugun ularning «xaridorgirligi oshsa oshib, sira tushmayotgani», «eksport salohiyati ham yil sayin oshib borayotgani» to‘g‘risidagi kichkinagina yolg‘on bilan boshlanadi.

Keyin esa: «Bir zamonlar Kavkaz tomonlarga borganda 50-60 metrlik tunnellarni ko‘rib hayratlanardik. Bugun o‘zimiz uncha-muncha emas – 19,2 kilometrlik tunnel barpo etdik»,  deb g‘ururlanadi muallif.

Maqoladan ko‘zlangan asl maqsadga sal keyinroq o‘tiladi. «Sohibqiron bobomiz «Qudratimizga shubhangiz bo‘lsa, biz qurgan boqing, deb bejiz aytmagan… Islom Karimovning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan biri biridan mahobatli… saroylar, mehmonxonalar, yodgorliklar, ko‘priklar, yo‘llar bunyod etilmoqda. Shularga qarab turib, Amir Temur bobomizning yuqorida keltirilgan so‘zlarini bugun ham bemalol aytish mumkin…», deydi muallif.

Buni soddaroq tilga o‘girsak, «Qudratimizga shubha qilsangiz, Islom Karimov rahnamoligida va tashabbusi bilan qurilgan inshootlarimizga qarang», bo‘ladi.

Yashang, hurmatli yozuvchi, deb ko‘nglini ko‘targing keladi muallifning. Chunki hozircha bayroq unda ketdi. Zero, «O‘zbekiston shunday davlat bugun – yaxshilarga havas qilish bilan birga boshqalarda havas uyg‘ota oladigan mamlakat»!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 october 2018
Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga 2 oktyabrda kelib joylashgan Gulnora Karimova aslida rossiyalik milliarder Sulaymon Karimovning qizi qizi ekani bildirilmoqda. Bundan ...
15 november 2017
Kanadalik 54 yoshli o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Ashur prezident Shavkat Mirziyoevni hajv qilib qo‘shiq kuyladi. «Shavkat aka!» deb nomlangan qo‘shiq ...
4 may 2020
Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi yuzasidan tergovni Davlat xavfsizlik xizmati olib bormoqda. Fojeaning ehtimoliy aybdorlari ustidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi (Mansabga ...
3 may 2023
1997 yil 3 maydan buyon har yili matbuot erkinligiga munosib hissa qo‘shgan insonlar YuNYeSKO tarafidan mukofotlar bilan taqdirlanadi. Biroq ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...