Asosiy mavzular
29 august 2023

Rus ayol to‘y qilayotgan o‘zbek qo‘shnilarini tinchini buzganlikda ayblab haqoratladi

Poytaxtning ko‘pqavatli uylaridan birida qo‘shnisinikida bo‘layotgan milliy to‘y urf odatlariga nafrati jo‘sh urgan ayol aks etgan video Eltuzga yetib keldi. Videoda bu o‘ris ayol nog‘ora karnaylar bilan to‘y nishonlayotgan qo‘shnilarini uyat so‘zlar bilan haqoratlab baqir chaqir qiladi. Nog‘orachi yigitni urishga xezlanadi. Qo‘shnilariga, gandonlar, jalablar degan haqoratlarni yog‘diradi.

Bunga javoban, voqeani derazadan kuzatayotgan boshqa bir qo‘shni ayol «Nimaga bunday baqirayapsiz. Tinchlaning. Bu an'ana! Bu to‘y, hayotda bir marta bo‘ladi. Qo‘shnilarga qo‘shnilarcha munosabatda bo‘lish kerak» deya uni tinchlantirishga urinadi.

Yuqori qavatdagi boshqa qo‘shnilarning g‘am «To‘y bo‘layapti, bas qil baqir chaqiringni» deya o‘risni insofga chaqirmoqchi bo‘lgani eshitiladi.  

Yuqoridan to‘yni zavqlanib tasvirga olayotgan yana bir qo‘shni ayol, dabdurustdan tomoshaning chappaga aylanganidan shokka tushganini yashirmaydi.

«O‘zbekistonni Rossiyaning bir bo‘lagi deb o‘ylayapti shekilli bu neandertal» deya izoh qoldirgan videoga yana bir yuzer.

Umuman, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham milliy urf odatlar, to‘ylar nishonlanadi. Masalan mushakbozlikka ham ruhsat etiladi, agar bayram kunlari bo‘lmagan taqdirda, bu tomosha kechki to‘qqizga qadar to‘xtatilsa. Masalan, men yashayotgan Shvetsiyada mushakbozlik uchun politsiya idorasidan izn olinadi.

Millat an'analari yoqmagan alamzada qo‘shni esa, bunday holatda bosh olib boshqa yurtga ko‘chib ketgani yoki millat an'analari, uning tili va madaniyatini qabul qilgani ma'qul.

Eltuz o‘z ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Videolarimizga layk bosishni va kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
19 september 2022
Estoniya, Latviya, Litva va Polsha  19 sentyabrdan e'tiboran turistik Shengen vizasi bo‘lgan rossiyaliklarni mamlakatga kiritmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Ular ...
21 january 2022
Azizlarim mana xafta aylanib yana siz bilan hamsuhbatman. Suhbati chor anda  mazza bor deyishadi. Kanalga obuna bo‘lgan do‘stlar soni ...
3 august 2018
Bir paytlar neftbazadan benzin, solyarka olib chiqib sotar edik. Yashirincha olib chiqar edik, ishchilariga pul bersak, hech kim yo‘qligida ...
26 november 2025
Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari 30 dona sa'vani kiyim ostidan noqonuniy olib o‘tishga uringan odamni qo‘lga oldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...