Asosiy mavzular
1 september 2016

Samarqand Karimov janozasiga tayërlanmoqda

Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi uchun hozirlanmoqda.

Shaharning Siëb qismi o‘rab olingan. Marmar va boshqa qurilish maxsulotlari tashiëtgan mashinalarni kuzatish mumkin. Registonga odam kiritilmayapti. Shahar favqulloda holatga keltirilgan.

rasm1808
Toshkentdagi militsiya xodimlari Samarqandga safarbar qilingan.

Barcha ishlarga Bosh vazir Shavkat Mirziëev boshchilik qilaëtgani aytildi.

Ozarbayjon soati portali esa prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tayanib Islom Karimovning 1 sentyabr kuni o‘lganligini bildirdi.

Yana “Eltuz” ma'lumotlariga ko‘ra¸ O‘zbekistondagi yuzlab mulozimlar payshanba kuni Samarqandga kelgan.

Toshkentdagi militsiya xodimlari Samarqandga safarbar qilingan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Karimov shanba 3 sentyabr kuni dafn qilinadi. Feysbukdagi Zdorovya Karimovu guruhida ëzilishicha Karimov raasman o‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, Karimov qon aylanishini ta'minlovchi mashinadan 1 sentyabr kuni ajratilgan. Bundan Oldin Eltuz Karimovning o‘lgani haqida ma'lumot bergan edi

«Samarqandda shaharga mashinalar kiritilmayapti. Siyob Bozoridan Ulug‘bek observatoriyasigacha bo‘lgan hududga odamlarni ham qo‘ymayapti» deya yozdi bugun FB yuzerlaridan biri 1-sentyabr kuni.
rasm1809
Chorraxa masjidi yonida maqbara qurish ishlari boshlangan

 

Hukumat manbalari hamon sukut saqlamoqda

28 avgust kuni, o‘zbek hukumati ilk bor prezident Karimov sog‘lig‘ining yomonlashgani haqida xabar tarqatdi.

«Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, to‘liq tibbiy ko‘rik va davolanish jarayoni uchun muayyan vaqt talab etiladi» deyilgan edi bildirishda.

Biroq, insultning beshinchi kuni ham prezident atrofidagilari uning ahvoli haqida biror rasmiy axborot berishgani yo‘q.

Islom Karimov mamlakatga 1989 yil Kreml tomonidan tayinlangan kundan buyon hukmronlik qilib keladi. Karimov davrida mamlakatda so‘z erkinligi cheklandi, inson huquqlari buzildi, muxolifat qatag‘on qilindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 september 2018
Rassom KirpiEltuz.com
31 july 2024
Shvetsiyadagi ulfatlar taklifi bilan yakshanba kungi shashlikxo‘rlik o‘z o‘zidan siyosiy mavzuga ko‘chdi. Va men mezbonlar izni bilan suxbatni Eltuz ...
15 march 2023
«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» ëki «etajkom» deb ...
7 december 2025
Bundan roppa rosa 30 yil burun O‘zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari va dunyodagi uchinchi yirik yadro arsenaliga ega bo‘lgan Ukraina ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...