Kundalik
13 september 2016

O‘zbekistonda paxta kampaniyasi boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumining murojaati

Agar Siz yoki yaqinlaringizni paxta terimiga qatnashishga majburlashsa, agar Sizdan paxta terimiga bormaslik uchun pul talab qilishsa, marhamat, bu haqdagi ma'lumotlarni biz bilan o‘rtoqlashing!

Feysbukdagi https://www.facebook.com/eltuzcom/ manzilida xabar qoldiring

yoki [email protected] elektron manziliga maktub yo‘llang.

O‘zbekistonda paxta terimi boshlandi. Bu safar ham qishloq xo‘jaligiga umuman aloqasi bo‘lmagan talabalar va byudjet tashkilotlari xodimlari paxta dalalariga jo‘natilmoqda.

Amaldorlar kishilar paxta terimiga ixtiyoriy ravishda jo‘nab ketayotganini ta'kidlayotganiga qaramay, o‘tgan yillar tajribasi paxta yig‘im-terimi majburiy ekanini, unda qatnashishdan bosh tortish universitetdan haydalish yoki ishdan bo‘shatilish bilan jazolanishini ko‘rsatmoqda.

O‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, talabalar va boshqa kishilarni paxta terimiga majburlash orqali amaldorlar mamlakatimiz qonunchiligini qo‘pol ravishda buzmoqda, odamlarning farovonligiga zarar keltirmoqda, ularning sog‘lig‘iga putur yetkazmoqda hamda o‘quvchilar va talabalarning ta'lim olish sifati yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Bizda bu qonunsizlikka qarshi kurashish uchun faqat bitta vosita mavjud. Bu oshkoralikdir.

Siz vaziyatni o‘zgartira olmayman, deb o‘ylaysizmi? Aslo bunday emas!

Siz O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat huquqlariga qanday rioya etilayotganini kuzatib borayotgan xalqaro tashkilotlarga aslida nimalar sodir bo‘layotganini bildirish orqali o‘zingizni majburiy paxta terimidan qutqarishingiz uchun ilk qadamingizni tashlashingiz mumkin.

O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi tashkiloti joriy yilda paxta yig‘im-terimi mavsumidagi majburiy mehnatning mustaqil monitoringini o‘tkazadi. Biz hurmatli o‘quvchilarimizni haqqoniy ma'lumotlar yig‘ishga ko‘maklashishga chaqiramiz.

Eslatib o‘tamiz, majburiy mehnat – bu insonni biror jazo tahdidi ostida har qanday ishni bajarishga majburlashdir. Majburiy mehnat O‘zbekiston Mehnat kodeksining 7-moddasi bilan taqiqlangan.

O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi

Tag‘in o‘qing
28 december 2025
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir.
25 december 2025
Muhammad Solih IKKINChI MARTA E'LON ETILGAN MUSTAQILLIK Islom Karimov boshchiligidagi rusparast kommunistlar ERK partiyasi talabini qabul qilib, 29 avgust ...
11 november 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
8 august 2016
«Hurriyat» gazetasida (03.08.16) chop etilgan «Jamiyatni halokatdan qutqaruvchi kuch» sarlavhali maqolada Chor Rossiyasi va sho‘rolar davrida xalqimizning ma'naviy boyliklarini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...