Ko‘zqarash
19 september 2016

«Qaydan kelding, Mirziyo! Biz seni kutganmidik?»

Shavkat Mirziyoevning davlat tepasiga kelishi ortidan odamlar xalq og‘zaki ijodi shaklida video, hajviy suratlar bilan birga she'rlar ham yoza boshlashdi.

Botir Yodkash taxallusi ostida Eltuz.com nashriga she'rini jo‘natgan muallif uni «Qarg‘alganlar qo‘shig‘i» deb ataydi. U o‘z she'rida yillar davomida erksizlik girdobida qolayotgan xalq dardu alamini aks ettiradi.

Qarg‘alganlar qo‘shig‘i

Ey Mirziyo, Mirziyo
Sen bo‘lding-u VRIO
Umidlar bo‘ldi ro‘yo…
Qaydan kelding ey Balo!
Biz seni kutganmidik?
Chorak asr qon qusib
o‘pka, jigar, jon qusib
Boshdagi oyboltangni
Yo hech unutganmidik?..

Ey Mirziyo, Mirziyo
Otam deysan, otangning
Merosin g‘orat qilib
Namoz o‘qidingmi sen
Shu kun tahorat qilib?
Otangning go‘rida ham
Turding mahobat qilib,

Ey Mirziyo, Mirziyo
Olloh sinar bu xalqning
Sabrini sen sinama!
Ochiq qo‘l Iskandarning
Qabrini sen sinama!
Jizzaxdagi mushtumzo‘r
Zarbini sen sinama!

Ey Mirziyo, Mirziyo
o‘ylaysanki saylovda
Qaytadan tug‘ilgaysen
Ilohim badduodan
Har kecha bo‘g‘ilgaysen
Mahsharda otang bilan
Bir joyga yig‘ilgaysen

Ey Mirziyo, Mirziyo
Quloq tutganmiding hech
Xalqning faryod, uniga.
Og‘zing ko‘pik, tupurding
Asosiy qonuniga.
Davlatman deysan, ammo
Arzimaysan juniga!..

Ey Mirziyo, Mirziyo
Garchi mastsan qudratdan
Sharbating tatimagay!
Bo‘ying bir qarich, aslo
Savlating tatimagay!
Yetimlardan yulingan
Sarvating tatimagay!
Shuhrating, shavkating ham
Davlating tatimagay!
Ey Mirziyo, Mirziyo,
Ey sen zulmat, kir ziyo!

Botir Yodkash
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 january 2026
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida fermer xo‘jaliklari bosim ostida qoldi. 2025 yil 30 dekabr kuni viloyat hokimi ishtirokida tuman fermerlari ...
8 march 2024
Keldi pok gulgun zamon, hammomga boshlanglar meni… Anvar Obidjon MS: Nichiksizla mo‘chchi oybika xo‘jik brrilo. Hazzatishma nerina galdi. Matchonboy ...
12 march 2024
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani   9-maktab yonidagi binoda 12 mart kuni soat ertalabki o‘nga yaqin yong‘in xodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiy ...
10 april 2016
O‘zbekiston dorixonalarda sotiladigan dori-darmonlarning anchagina qismi noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishi yoki qalbaki ekani to‘g‘risida ko‘p aytiladi. «Diyonat» gazetasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...