Asosiy mavzular
5 october 2016

Gulnora Karimova tag‘in tvitterda paydo bo‘ldimi?

4 oktyabr kuni o‘z onasiga nolalari tarzida bitilgan maktubida Gulnora Karimova ekani iddao qilinayotgan Afina@zabitaya1972 akkaunti egasi uch yillik azoblarini jahannamning to‘qqiz qavatiga tenglashtiradi.

Bundan bir necha kun avval esa bir qancha nashrlar Gulnora Karimovaning ruhiy shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarni tarqatgan edi.

rasm3092Ruhiy nosog‘lom odamning uzuq yuluq alahsirashini eslatuvchi maktub muallifi, goh o‘z tomirini kesishga ahd qilgani, goh quyoshning yo‘qligi, goh esa sabr chidam bilan yashash kerakligi haqida yozadi.

«Aftidan meni ezib yo‘q qilishdi, zo‘rg‘a nafas olayapman – demak rasman tirikman» deya davom etadi u.

«Yaqinda o‘laman… ortiq chidolmayman…»

Atrof zulmatdan iboratligi, yolg‘iz skameyka o‘ziga dugona ekani va o‘lim haqidagi biroz tushkun jumlalar orasidan, unga ozor yetkazgan real shaxslarga oid gaplarni ham o‘qish mumkin.

Bu eng avvalo uning qizi Imon haqidagi jumlalar. Maktub mazmunidan Gulnoraning qizidan ajratilib saqlanayotganini bilish mumkin.

«Butun fikrim bir narsa haqida… Mening qizim qanday? Bugun nima qilayapti? Yig‘layaptimi u? Chidab bo‘lmaydi…» deya yozadi u.

Mavxum ikkilanishlar va chalkash ziddiyatlarga boy maktub so‘nggida u tag‘in qizini qaytarishni so‘rab onasidan kechirim so‘raydi.

rasm3094

«Yangi o‘g‘il», «toj soqchisi» va quvilgan dushmanlar

Uning keyingi gaplari «yangi o‘g‘il» ya'ni O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoevga taalluqli.

«Otam hech qachon uning ikki o‘g‘li borligi haqida gapirmagandi. Yangisini ismi Shavkat ekan??? U holda nima uchun Miromonovich?! O‘g‘il konstitutsiyani akkuratgina otlab o‘tib, tag‘in Otaning vasiyatiga tupurgan bo‘lsa (N.Yu)? O‘zbek Beriyasi tug‘ilgani yo‘qmi o‘g‘ilda yo? Bu qonuniyatmi?!»

O‘z g‘animi Rustam Inoyatovni maktub muallifi «toj soqchisi», «cho‘loq» iboralari bilan ataydi. Quvilgan dushmanlar esa Calim Abduvaliev, Hayot Sharifxo‘jaevlar ekanini anglash qiyin emas.

«Endilikda u quvilgan dushmanlar bilan suhbatlashayotganida pardalarni yopmaydi. Barcha urilganlar umumiy oilasiga aylgangan. Salim choy quyadi… Sharif asal uzatadi…»

rasm3093Eltuz.com Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilayotgan ushbu maktub egasi bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi.

«Sizni haqiqatan ham qiynoqqa tutishayaptimi, yoki faqat izolyatsiyada saqlashayaptimi?» degan eltuz.com muxbiri savoliga Gulnoraga tegishli ekani iddao qilinayotgan Afina@zabitaya1972 akkaunti egasi:

«Menga onamning oxranasi bosim o‘tkazayapti. Yanchib tashlash bilan tahdid solishmoqda… Bu dahshatlar kunora sodir bo‘lmoqda…» deya yozdi.

Uning taxminan qaerda ekani va atrofida yaqinlaridan kimlar borligi haqidagi so‘rog‘imizga u o‘zining Toshkentda, Prezident rezidentsiyasi yaqinida saqlanayotgani, atrofida yaqinlari yo‘qligi, bolalari yonida emasligi, o‘g‘li Islomning uzoqdaligi, qizi esa onasi tomonidan zo‘rlik bilan olib qo‘yilgani, anchadan buyon  uning (Tatyana Karimov) yonida qolayotgani haqida javob qoldirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 september 2021
Uzoq yillar davomida O‘zbekistonda talabalar uchun yangi o‘quv yilining boshlanishi paxta terimiga chiqishni anglatardi. Terimdan bosh tortish deyarli mumkin ...
29 april 2017
O‘zining ikki sahifasini to‘liq tez yordam xizmati faoliyatiga bag‘ishlagan “Oila va jamiyat” gazetasi (26.04) tibbiyot tizimidagi jiddiy bir muammoni ...
13 july 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
10 february 2019
O‘zbek jamiyatidagi muhofazakor qatlamning turk seriallariga qarshi «jihodi»ning ajablanadigan joyi yo‘q. Aslida bu masalaning ildizi psixologik mavzu. An'anaviy muhofazakorlarning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...