Asosiy mavzular
16 november 2016

Million dollar uchun o‘zbek “o‘lib” berdi

O‘zbekistonlik 31 yashar yigit firibgarlikda ayblanib AQSh tarafidan xalqaro qidiruvga berildi.

2000 yilda Green Card yutib AQShda istiqomat qila boshlagan. U yerda o‘zini million dollarga sug‘urtalagan.

Shundan so‘ng qirg‘izistonlik vrach-patologoanatomdan “o‘lganini” tasdiqlovchi hujjat olgan. Xatto o‘ziga soxta qabr qazdirib,

O‘shning Qorasuv rayonidagi qabristonlardan biriga estalik toshi ham qo‘ydirgan. Sug‘urta idorasi “o‘zbekning o‘lganiga” shubha bildirib taftish qila boshlaganida “o‘lik” Qirg‘izistonni tark qilgan.

AQShda sug‘urta qilingan o‘zbekning “o‘lgani” haqida ma'lumotnoma ëzib bergan O‘shdagi kasalxonalardan birida ishlagan shifokor javobgarlikka tortilib, unga yirik miqdorda jarima solindi.

Qirg‘iziston IIV matbuot hizmatining Eltuzga bildirishicha, shu kunlarda million dollarlik sug‘urta firibgarligi figuranti bilan bog‘liq jinoyat ishini ayni vazirlikning maxsus guruhi tekshirmoqda.

“O‘sh, Jalolobod va Qorasuvda bu firibgar yigitni qidiryapmiz” dedi Qirg‘iziston IIV matbuot hizmati mulozimi. Unga ko‘ra “O‘zbek vatandoshini qidirish” ishlari haqida AQShnig Bishkekdagi elchixonasiga bilgi berilgan.

2012 yili AQShda tibbiy sug‘urta borasida misli ko‘rilmagan firibgarlik fosh qilingan edi. Asosan sobiq SSSRdan kelgan firibarlar AQSh sug‘urta idorasidan 250 million dollar pulni sug‘urgani ortidan 36 kishi qo‘lga olingan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2023
Meksika AQSh chegarasidagi ko‘lda baliqchilar to‘riga yarim chirigan jasad ilindi. Tekshirilsa, bu jasad O‘zbekistonning Chelak tumanida yashagan qashshoq bo‘lib ...
16 may 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (10.05) mobil aloqa kompaniyalari «xizmatlarining milliy ma'naviyatimizga tahdidi» haqida bong urdi. Unda mobil aloqa operatorlari ...
27 may 2020
2020 yil 14 mayda O‘zbekiston hukumati mamlakat sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimova tomonidan “noqonuniy xarid qilingan” aktivlarni sotishdan tushgan ...
19 january 2026
Avval ular seni sezishmaydi, keyin ustingdan kulishadi, keyin senga qarshi kurashishadi, keyin esa sen g‘alaba qozonasan.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...