Kundalik
24 november 2016

O‘zbek xotinini urgan turk er qamoqqa olindi

Kasalxonadagi aëlning salomatligi haqidagi ma'lumotnoma Adana prokuraturasi oilaviy jinoyatlar bo‘limiga yetib borgach, eridan kaltak yegan o‘zbek aël shikoyatini Adana prokurori o‘z nazoratiga oldi va uning eri hibs qilindi.

Turkiyaning Adana shahrida istiqomat qiladigan O‘zbekiston vatandoshi 32 yashar Shaxnozaxon idishlarni qo‘lda emas, idish yuvadigan mashinada yuvgani uchun eri tarafidan do‘pposlangan edi.

Adana politsiyasi matbuot kotibining aytishicha kaltak yegani ortidan kasalxonaga borgan aël voqeasini tekshirgan mahalliy prokuror uni urgan eri 51 yashar Nusrat Limonchechagini (Nusret Limonçiçeği) so‘roq qilib qo‘yib yuborgan edi.

Eltuz tasarrufida nusxasi mavjud bo‘lgan tibbiy hulosaga ko‘ra, kaltaklanish paytida Shaxnozaxoning qovurg‘alari sindirilgan. Badanining aksar qismi gemotomik jarohat bilan qoplangan. Ma'lumotnomada Shaxnozaxon yuz ko‘zi mo‘mataloq bo‘lib ko‘zlari ko‘rmay qolgani ham ta'kidlanadi.

Idish yuvish janjali

Bundan besh oy oldin Adananing Shaybon tumanida yashovchi Nusrat Limonchechagi va uning o‘zbekistonlik xotini Shaxnoza. L. o‘rtasida mashinada yuvilgan idishlar yuzasidan janjal chiqqan edi.

Asnoda er o‘z xotinini kaltakladi. Mayib bo‘lgan xotin Adana davlat hastaxonasi jonlantirish bo‘limiga olib kelindi.

Muxbirlar bilan suhbatda Shahnoza erga tekkaniga ikki yil bo‘lgani va bu ikki yil mobaynida tinimsiz kaltak yeganini ta'kidlagan:

«Olti oy oldin kaltak yeganimda bolam tushgan edi. Yeganim taëq, ko‘rganim xo‘rlik. Nuqul boshimga mushtlaydi, tepadi, qo‘liga tushgan narsa bilan meni uradi, lekin men shikoyat qilmadim. Ahvolimni ko‘rgan doktorlar politsiyaga xabar berdi», – deydi Shahnoza.

Shahnozaning bir umr mayib bo‘lishi va ko‘zlari ko‘rmay qolishiga sabab bo‘lgan janjal arzimagan narsadan chiqqan:

«Uyga mehmon keluvdi. Mehmonlar ketgach idishlarni mashinaga solib yuvganim erimga ëqmadi. Nega o‘zing yuvmaysan, deb urib tashladi», – deydi O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan Shahnoza.

Abdujamil Do‘stmuhammad

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
14 september 2016
O‘zbekistonda Konstitutsiya toptaldi – yana bir bor uning arzimas qog‘ozlar tahlami ekaniga ishora berildi. Ayni holatni aks ettirgan rassom ...
17 december 2022
«Eltuz» portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Surxondaryodan Bandixonning qaltis ko‘prigi “Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Paxtakor ...
18 august 2018
Shveytsariya federal yig‘ini Shveytsariya federal kengashi Tashqi ishlar federal departamenti (TIFD) Adliya va politsiya federal vazirligi Aktivlarni qaytarish bo‘limi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...