Asosiy mavzular
15 october 2018

Turkiyadan qaytganidan so‘ng qamalgan aka-ukalar ozod bo‘ldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudida 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan apellyatsiya mahkamasi aka-uka dindorlar – 56 yashar Abrol va 53 yashar Shuhrat Do‘smuhammedovlarni sud zalidan ozod qildi.

8 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudi qamalmasligi haqida prokuror va'dalariga ishonib, O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng hibsga olingan aka-uka dindorlar – 56 yashar Abrol va 53 yashar Shuhrat Do‘smuhammedovlarning har birini 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargan edi.

Sud aka-ukalarni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244- moddasida (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish; diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) va 223-moddasida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) aybdor deb topgan edi.

Besh yildan buyon qidiruvda bo‘lgan toshkentlik dindor aka-ukalar 28 may kuni Istanbuldan Toshkentga qaytgach, aeroportda qarindoshlariga birrov ko‘rsatilganidan so‘ng qo‘lga olingan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 february 2016
Bugun 6 fevral kuni xonanda Tamilaning feysbuk sahifasida va uning muxlislari tomonidan tashkillashtirilgan “Je suis Tamila!” guruhida o‘z muxlislari ...
3 january 2017
Turk matbuotiga ko‘ra, terrorchi xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan. Matbuot ...
7 april 2020
«Eltuz» rassom Kirpining koronavirus karantini turkumidan yangi karikaturasini taqdim etadi.
1 february 2017
O‘zbekistonning ikkinchi prezdenti Shavkat Mirziyoev, 30 yanvarida davlatning buyuk raxbari Islom Karimov tug‘ilgan kunini nishonlash haqida qaror imzoladi. Afsuski, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...