Asosiy mavzular
12 december 2016

Mirziëevni maqtagan imom qo‘shiqchi Munisani tanqid qildi

Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Facebook dagi sahifasida o‘zbek pop musiqachisi 30 yashar Munisa Rizevani tanqid qildi.

“Ommaviy madaniyat” va “G‘arb tamadduni”ni tanqid qiluvchi o‘gitlari bilan tanilgan Shermurod Tog‘ay 7 dekabr kuni o‘z sahifasida mana bu ëzuvni qoldirdi:

“Munisa degan bir estradachi bor ekan. Hayosiz qiliqlari, shahvatni qo‘zg‘aydigan, hirsni junbushga keltiradigan qiliqlarini ko‘rib hayrat yoqamni ushlabman. Uni barcha yosh qizlar yaxshi ko‘rar ekan. unga o‘xshashni orzu qilar ekan. To‘g‘risi g‘arblik ham bu artisning oldida ip yecholmaydi.”

Odamning tabiatidagi “hayvoniy hirs”ni jilovlovchi omil haqida o‘git bergan imom hatib “Sho‘rolar kallangni olaman degan mahalda ham xotin qizlar yuzlarini ochib” ko‘chaga chiqmaganini eslaydi:

“O‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Bir shunday eshon bobo xotinini Moskvich mashinasida olib ketayotganda GAI to‘xtatib. «Ayolingiz yuzini ochsin», deganda «Avval boshingdan voz kech, so‘ngra xotinimning yuzini ko‘rasan «, degan. Qo‘rqib qolgan GAI qo‘yib yuborgan. O‘sha davrda, dahriylar davrida iymoni but odamlar mana shunday bo‘lishgan.”deya ëzadi Shermurod Tog‘ay.

Ayni paytda Munisa Rizaevani “shahvat qo‘zg‘atuvchi” deya ayblagan imom-hatibning Yangi “yurtboshiga” ëzgan madhiyasi tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lmoqda..

Eltuz.com nashridagi Art-durbin rukniga maqolalar ëzadigan blogger Akmal Rizaev bu holatni izohlab ikki jihatga e'tibor qaratdi:

«Birinchidan bunday ritorika, ya'ni davlat rahbariga madhiya ëzish va estrada qo‘shiqchisining seksual jozibasiga rasmiy muftiyning e'tiroz bildirishi yangilik. Bu huddi Rim papasi Madonnani tanqid qilgani kabi holat. Bundan atigi uch oy oldin O‘zbekistonda bunday tanqidni rasmiy imom tarafidan aytilishi deyarli mumkin emas edi. Ikkinchidan rasmiy din arbobi mustaqil O‘zbekistondagidan ko‘ra, sovet davrida diniy erkinlik ko‘proq edi degan mujdani aytmoqda. Bu O‘zbekistonda o‘ziga hos jasorat. Qizig‘i shuki imom sovet davridagi dindor tarafidan ro‘mol yechishni talab qilgan militsionerni kallasini olishga qilingan tahdidni ijobiy o‘rnak sifatida keltiradi. Shu o‘rinda O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan ilk yillarda Namanganlik dindorning militsiya boshlig‘ining kallasini kesib ketgani bilan bog‘liq voqeani eslash joiz», deydi blogger.

“Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay fikrlari so‘z va ifoda erkinligining O‘zbekistonda kengaëtganligiga misol deya e'tiborimizni qaratgan Rizaev masalaning boshqa tarafini ham aytadi:

«Ikkiyuzlamachilik haqida gapirmoqchi edim. Munisa Rizaevani tanqid qilish oson va joiz. Buni ortidan shtraf sanktsiyalari kelmaydi. Lekin ayni imom Shavkat Mirziëev konstitutsiyani buzib jinoyat kodeksining eng kamida bitta moddasi ya'ni 159 moddasi bo‘yicha jazoga tortilishini aytmaydi. Mayli aytmasin, undan ta'mamiz ham yo‘q, zotan rasmiy maqomi bor. Ammo bu imom Mirziëevni yangi yurtboshimiz deya maqtab she'r ëzib sahifasiga qo‘ydi. Bu imom hech bo‘lmasa o‘z aqidasiga rioya qilsa, ya'ni maqtov faqat xudoga atalishini ichdan anglaganida bunaqa qutblashgan gaplarni aytmas edi», deydi blogger.

Hozircha Munisa Rizaaeva, “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ayning, xonandani «shahvatni qo‘zg‘atuvchi» degan aybloviga javob bergani yo‘q, imomning yangi «yurtboshimizga duo» deb atagan she'ri esa, Shavkat Mirziyoev hokimiyatni to‘liq egallagan va uning sha'niga madxiyabozlik ritorikasi avjiga chiqqan 5 dekabr kuni paydo bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 february 2025
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligi vakillari o‘z mulki talon-toroj qilingani, ammo huquq-tartibot idoralari bu ishga ko‘z yumayotganidan shikoyat qilmoqda. Eltuz ...
21 august 2017
1961 yil Buxoroda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 1995 yil fevralda O‘zbekistondan chiqib ketgach, avval Bi Bi ...
26 may 2023
«Kel, haët ajdarxosiga yem bo‘lishdan oldin bir selfi qilaylik!» – Yarim million bola o‘qishni bitirdi. Ularni nima kutmoqda? Bu ...
14 september 2022
O‘zbekiston «Erk» Demokratik partiyasi lideri bilan bilan qilingan suhbat 2018 yil yozilib, ba'zi sabablarga ko‘ra e'lon qilinmagan edi.Eltuz uni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...