Video
3 january 2017

Istanbuldagi terrorchining tasviri ochiqlandi

CNN-Turk kanalida ëyinlangan videoda Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum qilgan kimsaning Istanbul xalqaro aeroporti pasport nazorat bo‘limidan o‘taëtgan payti aks etgan.

Turk matbuoti xabarlariga ko‘ra, hujumchi markaziy osiyolik yoki sharqiy turkistonlik bo‘lishi mumkin. Ba'zi habarlarda esa qotilning Qirg‘izistonlik o‘zbek ekani taxmin qilinmoqda.

Terrorchining kimligi matbuotga sizmadi. Bu paytga kelib IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, «xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan».

Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan,

Hujumchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, politsiya qidiruv amaliyotlarini olib bormoqda.

Turk politsiyasi Istanbulning Zaytunburni mavze'sidagi o‘zbek muhojirlari yashaydigan mahallada reyd o‘tkazgani haqida Eltuz.comda ma'lumot bor. Bu ma'lumotga ko‘ra dushanba kechquringi holatda, 12 kishi qo‘lga olingan.

Ayni paytda, Eltuz manbasiga ko‘ra Zaytunburni Nuriposhsho mahallasidagi omborni politsiya bosgan.

Terrorchining do‘sti bo‘lgan bir ëshroq yigitning derazadan sakrab qochgani haqida gaplar bor.

Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Istanbuldagi hujum yuzasidan hamdardlik yo‘lladi.

Eltuz muxbiri voqea joyidan xabarlar yo‘llamoqda

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 january 2026
Istanbulda o‘zbek vatandoshi 37 yoshli Durdona Hokimovani o‘ldirib, jasadni parchalab musor qutilariga tashlab yuborganlikda gumonlangan ikki o‘zbek jinoyat sodir ...
4 february 2022
Rassom Kirpi
28 september 2020
Adliya vazirligining 27 sentyabr kuni bildirishicha, prezidentning 22 sentyabrdagi “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ...
8 august 2017
Eltuz nashri o‘tgan 2016 yilning ayni 8 avgustida, o‘z tomorqasida meva sabzavot yetishtirgan dehqonlarning hosilini erkin sotishiga ruxsat berilmayotgani, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...