Asosiy mavzular
7 january 2017

Turk matbuoti 39 kishini o‘ldirgan terrorchi o‘zbek bo‘lganini ëzdi

Hurriyat va boshqa turk gazetalarining ëzishicha qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan o‘zbek millatiga mansub Abduqodir Masharipovdir.

Turkiya istixboratining matbuotga sizdirgan habariga ko‘ra Abduqodir Masharipov o‘ldirilgan.

Uni kim va nima maqsadda o‘ldirganiga oid ma'lumot yo‘q. Turk matbuotida ëzilishicha¸ IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasining boshqa faollari tarafidan Istambulga keltirilgan. Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

IShID archaga qarshi

IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Guruh nomidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, «xalifalik askari nasroniylar bid'at bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan».
Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 january 2025
Aziz va mukarram, qadrli va mehribon ko‘zi qora qoshi qora yurtdoshlarim mana xapta aylanib siz bilan yuzma yuz betma ...
2 december 2025
Keyingi paytda o‘zbeklar orasidagi o‘risqul, paytavaquloq itvachchalar dumini likkillatib boshladi. Bu itvachchalarni bir tepib haydash joiz. Xullas, agar Tramp ...
20 june 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat tarixidagi eng muhim hujjatni ...
16 july 2018
Prezident Shavkat Mirziyoevning o‘z o‘tmishdoshi Islom Karimov davrida ishdan urilgan rahbarlarni qayta lavozimlarga tayinlash siyosatiga darz ketdi. Bu siyosatning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...