Kundalik
9 january 2017

“Farg‘ona haqiqati” bosh muharriri ishdan olindi

“Farg‘ona haqiqati” bosh muharriri Nabijon Sobirovning ishdan olinishiga sabab, Eltuz manbasiga ko‘ra, horijiy internet nashrlarida Farg‘ona viloyati sha'niga aytilayotgan tanqidlarga gazetada munosib javob berilmaganligi bo‘lgan.

Eltuz bilan suhbatlashgan manbaga ko‘ra, 6 yanvar kuni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev olib borgan yig‘ilishda, avvaliga Nabijon Sobirov sha'niga keskin tanqidiy fikrlar bildirilgan.

Shuhrat G‘aniev jurnalistlarni ishlamayotganlikda, davr bilan hamnafas qadam tashlamayotganlikda ayblab, faqatgina “chet el matbuoti xabarlariga munosib javob qaytarayotgan” Muhammadjon Obidovni maqtagan.

“Farg‘onada bitta jurnalist – Muhammadjon Obidov bor xolos. Shu kishi viloyat sha'nini internetda tarqalayotgan turli bo‘htonlardan himoya qilib turadi”, – dedi hokim o‘z so‘zida.

So‘ngra viloyatning bosh nashri hisoblangan “Farg‘ona haqiqati”ga majburan obuna qilinayotganligi aytib o‘tilgan.

Shu paytgacha bitta hisoblangan “Farg‘ona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” nashrlari tahririyati yig‘ilishda ikkiga ajratilib, “Farg‘ona haqiqati”ga Ahmadali Teshaboev, “Ferganskaya pravda”ga Gulbahor Said G‘ani bosh muharrir etib tayinlangan.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 september 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi «Omina» jome masjidi imom-xatibi Fazliddin Pardaev ishdan olindi. O‘zbekiston musulmonlar idorasining «Eltuz»da mavjud bo‘lgan 675-buyrug‘iga ...
14 july 2025
Rassom og‘a doim bolasini o‘ris bog‘cha va maktabga berganlarni qoralaydi. Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Doim bolalarimni faqat o‘zbek bog‘cha-maktabga ...
16 july 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
16 december 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com Taniqli xonanda Yulduz Usmonova 12 dekabr kuni o‘z tavallud kunida prezident Islom Karimovga bag‘ishlab qo‘shiq yaratgani ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...