Asosiy mavzular
13 january 2017

100 kishiga ish bergan tadbirkor sudda yutqazdi

13 yanvar kuni Andijon viloyat xo‘jalik sudi Soliq boshqarmasining andijonlik tadbirkor ustidan da'vosini qondirib, uning mulkini musodara qilish va korxonani tugatish hukmini chiqardi.

Bundan ilgarigi ikkala sud instantsiyasi ham soliqchilar foydasiga qaror chiqarga.

“Magnit Savdo Ishonch” shirkati raxbari Isroilov Rahimjon 3 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda prezidentga videomurojaat qilgan edi.

Bunda u firmani shaxsiy puli evaziga ochgani va 100 ga yaqin kishini mehnat bilan ta'minlaganini bildirdi.

Endi esa sud hukmi bilan uning ishchilari bankrot holatda ko‘chada qolishlari mumkin.

Shirinliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan firma faoliyatini soliq idorasi 2015 yildan buyon taftish qiladi.

Firmadagi dastlabki tekshiruvlar 4 oy davom etgan.

O‘shanda 4 yil davomida to‘plangan transport, qurilish harajatlari bilan bog‘liq 806 mln so‘mlik soliq kamomadi uning bo‘yniga ilingan edi.

Isroilov o‘z bisotidagi to‘rtta mashinasini sotib kamoamadlarni qoplagan.

Biroq, oradan sal vaqt o‘tib Isroilov firmasiga qarshi 3 mlrd 200 mln miqdorida yangi jarimalar qo‘llangan.

Firma raqamlari 6 oydan buyon muzlatilgan.

3-4 oydan buyon firma ishchilari maosh olishgani yo‘q.

7 yanvar kuni soliqchilar biln uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoev: «Bola chaqasining rizqini qiyib, byudjetdan pul olmay, ikkitagina ish joyi barpo qilgan tadbirkorni boshiga ko‘tarishga tayyor»ligini bildirgandi.

100 kishini ish bilan ta'minlagan andijonlik tadbirkor esa, bugungi kunda o‘z soliqlaridan kun ko‘radigan mulozimlar tomonidan xonavayron qilinmoqda.

Video: https://youtu.be/E28Rnnu1DGY

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 september 2019
Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji kajavali bittagina velosipeddan iborat edi. ...
20 july 2016
19 iyul kuni «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Matbuot xizmati taniqli xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi tugatilganini ...
21 january 2022
Azizlarim mana xafta aylanib yana siz bilan hamsuhbatman. Suhbati chor anda  mazza bor deyishadi. Kanalga obuna bo‘lgan do‘stlar soni ...
26 may 2023
«Kel, haët ajdarxosiga yem bo‘lishdan oldin bir selfi qilaylik!» – Yarim million bola o‘qishni bitirdi. Ularni nima kutmoqda? Bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...