Kundalik
20 july 2016

Sitora, Sarvar va Komillar litsenziyadan mahrum qilindi

19 iyul kuni «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Matbuot xizmati taniqli xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi tugatilganini bildirdi.

Matbuot xabarida «Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 19 iyuldan tugatilganligi» bildiriladi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi san'atkorlar faoliyatini bir qolipga solishga urinib keladi.

Bundan ilgari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Rahimova, «Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jaev, xonanda Dilshod Rahmonov, «Ummon” va «Mango” guruhlari xonandalari, Tamilla litsenziyadan mahrum qilingandi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Izzatilla Ibragimov, Sobirjon Mo‘minov, Alisher Turdiev, Ravshan Komilov, Toir Qo‘ziev, «Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullaeva va xonanda Farhod Saidovlar esa qattiq ogohlantirishlar olishgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shuningdek bugungacha mazkur tashkilotdan 3 mingdan ortiq xonanda va sozandalar, boshlovchilar litsenziya olishga ulgurgan.
“O‘zbeknavo” odatdagidek, Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi nima uchun muddatidan avval tugatilayotgani, ular qaysi talabni buzganiga aniqlik kiritmagan.

Biroq, Internet tarmoqlarida tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, Sitora Farmonovaning Rossiya telekanali ko‘rsatuvida paydo bo‘lgani, KVNdagi qirg‘iz jamoasi tomonidan “o‘zbekistonlik aktrisa Yevropaga o‘ziga er qidirib kelgani. Uni bunga o‘zbek eri majbur qilgani”, qabilidagi hazillari litsenziyasidan mahrum bo‘lishiga sabab bo‘lgani aytiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 september 2017
8 sentyabr kuni, ertalabdan avtobuslar kolonnasi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahri maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasalari va tibbiyot xodimlarini ommaviy tarzda ...
6 april 2023
Nega bugun? Nega hozir pedofillik haqida gapirilmoqda? Tabiatan fitna nazariyasiga moyil odamlar pedofil mulozimlar qoralanishi ortida ham ëmonlik ko‘rishmoqda.  ...
16 september 2021
O‘zbekistonda turk sarmoyasi asosida ishlaydigan to‘qimachilik shirkatining sobiq rahbari¸ 60 yoshli turk vatandoshi Najat Taylanli “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda ...
8 august 2025
Eltuz tahririyatiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra “O‘zsuvta'minot” AJda rahbar almashganidan keyin vaziyat yaxshilanish o‘rniga battar  yomonlashgan.  2024 yil 6 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...