Video
19 january 2017

Shohida Yoqub: Inoyatov o‘rniga odam tanlanmoqda

Eltuz nashri jurnalist Shamsiddin To‘laganovning Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov iste'fosi haqidagi maqolani chop etishi ortidan Respublika telekanali 14 yanvarda O‘zbekiston qurolli kuchlari kuniga bag‘ishlangan tantanada Inoyatov ishtirok etgan ko‘rsatuvni efirga uzatdi.

O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati Eltuz xabariga rasman raddiya bildirmagan bo‘lsada, hukumat televideniesidagi epizod bilan «rais o‘z joyida» degan signal berdi…

Ammo Eltuz nashriga intervyu bergan jurnalist Shohida Yoqub nima uchun bu lavxaning paydo bo‘lganini tushunmagni va fikrida qatiy turganini aytdi.

Shohida Yoqub: – Mening manbalarim bo‘yicha Rustam Inoyatov ketdi. U kishi 20 yildan ortiq milliy xavfsizlik xizmatini boshqargan. Nimaga ketdi sabablarini man bilmiyman, lekin u ketganligining tasdig‘i bor.

Savol: – Kim bo‘ladi uning o‘rniga sizningcha?

Shohida Yoqub: – Baxtiyor G‘ulomov bo‘ladi, deb aytishgan. Lekin, Xudo xohlasa, bu hafta biz bilamiz, kim shu eng kuchli idora boshkaruvida turadi…

Savol: – Endi sistema o‘zgaradimi yoki kontora eskichasiga ishlayveradimi?

Shohida Yoqub: – Menimcha, sistema o‘zgarishi kerak. Lekin, qachon shu o‘zgarish boshlanadi qanaqa shaklda olib boriladi? Hamma biladiki, O‘zbekistonning eng kuchli strukturasi – bu xavfsizlik xizmati. Agar o‘zgarsa, balki dindorlarga va boshqalarga tazyiqlar susayadi, ammo, umuman olganda, men katta siljishlarga umid qilmayman…

Video: https://youtu.be/_d3POdektmw

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 april 2019
Qadimgi turkiy tilning ikkita asosiy alifbosi bor — O‘rxun-Yenisey (ko‘kturk, runik) yozuvi hamda uyg‘ur alifbosi. Bizgacha yetib kelgan matnlarning ...
7 july 2019
«Ozodlik ohanglari» audiokitobi o‘zbek modern she'riyatining asoschisi Rauf Parfi she'rlari bilan ochiladi. «Eltuz» nashri bu kitobdan o‘rin olgan she'rlarni ...
29 march 2022
Toshkentlik bloger 37 yoshli Aqida Mohirova (Aqida Xanum)  o‘z bisotidagi eng qadrli suvratni sotib rus bosqinchilari qamalida qolayotgan Ukrainaning ...
24 march 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi.   MS: Odom odom bilan uchrashadi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...