Asosiy mavzular
19 january 2017

Masharipovning tergovdagi javoblari matbuotga sizdi

Istanbul Terrorga qarshi mujodala sho‘'ba mudirligida 45 soatdan beri davom etaëtgan tergovda O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipovning tergovchilar savollariga bergan javoblari turk matbuotiga sizdi.

Masharipov turkcha oz bilishini aytganidan so‘ng so‘roq rus tilida olib borilgan. Matbuotga sizgan javoblarga ko‘ra Masharipov hudkush-bombachi sifatida IShID tarafidan xozirlangan.

Tergovchining nega REİNA tungi klubiga hujum qilding degan savoliga Masharipov “Ular kofir bo‘lgani uchun u yerga hujum qildim” deya javob bergan.

Politsiyachini nega o‘ldirding degan savolga esa “ Oldin politsiya menga o‘t ochdi, keyin men uni o‘ldirmaguncha ichkariga kira olmasligimni bilgach uni otib tashladim” deya javoblagan.

Tergov asnosida O‘zbekiston vatandoshi Masharipovning 2015 yili Eronda sohta pasport bilan yurganida qamoqqa olingani va uning bir oy qamoqda o‘tirgani ma'lum bo‘ldi.

Masharipov qo‘lga olish paytida kaltaklangan. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Masharipov o‘z so‘zida davom etib “2016 yilning yanvarida Erondan qochoq yo‘llar orqali Turkiyaga” kelganini iddao qilgan. Masharipovga ko‘ra, u bir yilga yaqin Ko‘nya shahrida sassiz yashagan:

“Bu vaqtda Roqqadagi IShID vakillari bilan ijtimoiy tarmoq vositasida aloqa bog‘ladim. Yangi yil kechasi Istanbul markazidagi Taqsim maydinida o‘zimni portillatib tadbir uyushtirmoqchi edim. Xavfsizlik choralari kuchli ekanligini ko‘rganimdan keyin nishonni o‘zgartirdim. IShIDning Istanbuldagi amiri Xo‘ja aka bilan maslahatlashib tungi klubda qirg‘in qilish rejasini tuzdim. Tungi klubni oldidan soat 22.00 da o‘tib ketdim. Qarasam xavfsizlik choralari zaif. Buni Roqqadagilarga bildirdim. Ularning tasdig‘idan keyin tunagan uyimdagi qurolni va granata deb o‘ylaganim Flashbanglarni olib Reinada o‘zimni portillatish uchun ketdim. Granata deganim oddiy shumovoy granata bo‘lib chiqdi. Keyin qochdim” deya ta'kidlaydi turk matbuoti terrorchi deya ataëttgan O‘zbekiston vatandoshi Masharipov.

Tergovda aën bo‘lishicha, qirg‘indan keyin Masharipov o‘zi qilgan ishi haqida Roqqadagi IShID amirlariga hisobot bergan.

“Tadbir tugagach Roqqaga habar berdim. Ular meni qochirishga va'da berishdi. Ali Muhammad Jamol degan iroqlik(U ham qo‘lga olingan.taxr) bilan uchrashishim haqida aytishdi.

Istanbulning Esanyurt mavzeida u kiralagan uyga bordim. Har uch kunda uy almashtirib turdim. Hammasi bo‘lib beshta uyda qoldim. Menga jimgina kutish va Ko‘nyadagi IShIDning o‘zbek hujrasi bog‘lanishini aytishdi, deydi 45 soatdan beri davom etaëtgan tergov paytida Masharipov.

Eltuz. Comga ma'lum bo‘lishicha Masharipov hibsxonaning bir kishilik kamerasida saqlanmoqda.

Turk matbuotida ëzilishicha Masharipov O‘zbekistonning Qo‘qon shahridan. O‘zbekistondagi universitetlardan birining fizika fakultetida o‘qigan. Bundan 6 yil oldin O‘zbekistonni tark etgan va qidiruvga berilgan.

Istanbul viloyat hokimi Vosip Shohinning aytishicha, yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klubga hujum qilgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov Afg‘onistonda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va «aybiga iqror bo‘lgan».

Vosip Shohinning aytishicha, Abdulqodir Masharipovning barmoq izlari hodisa joyidan olingan barmoq izlariga to‘g‘ri kelgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 october 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib, siz bilan birgaman. Kuz kelib, to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
1 april 2019
Toshkentda 23-26-mart kunlari maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘tgan «Qizlarjon» sammiti ishtirokchilari «ota-onalarni uzoq muddatga chet mamlakatlarga ishlash uchun chiqishlarini cheklash ...
30 december 2025
Albert Eynshteyn O‘zbekistondan Parijga kelgan raqqosaning qo‘l ro‘moliga ëzgan formula nima edi? Bu formula vaqt tuynugi borligini ko‘rsatuvchi eng ...
13 may 2022
“Laylak keldi – ëz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi”. Nega laylakning qanoti qog‘oz bo‘lganligini oldin ham tushunmagandim, xozir ham tushunmayman. Har xolda buni ëzgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...