Asosiy mavzular
12 june 2019

Shvetsiyada terror uyushtirishda ayblangan o‘zbek oqlandi

Shved apellyatsiya sudi «Islomiy davlat» terror tashkilotining Shvetsiyadagi portlashlarini uyushtirishda ayblanib yetti yilga qamalgan 46 yashar Farhod Toshmuhammedov (Shvetsiyaga kelib olgan ismi David Idrisson)ni oqladi. Bu haqda 12 iyun kuni shved nashrlari xabar tarqatdi.

Sud Toshmuhammedovni qo‘yilgan ayblar isbotini topmagani uchun oqlagan va sud zalidan ozod qilgan.

Shvetsiyaning Solna tumani sudi terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumonlanib bir yil burun hibsga olingan Farhod Toshmuhammedovni joriy yilning may oyida 7 yil qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

Toshmuhammedovning ayblanishiga uning yuzlab kilogramm portlovchi moddalar xarid qilgani va «Islomiy davlat» guruhi a'zosi Botir Yusupov bilan aloqada bo‘lganini asos qilib ko‘rsatilgan edi.

“Eltuz” nashri olgan tergov hujjatlariga ko‘ra, o‘shanda 6 nafar (5 nafari O‘zbekistondan bo‘lgan) sudlanuvchiga “Islomiy davlat” (IShID terror tashkiloti)ga pul jo‘natmalari tashkil qilish, terrorchilikni uyushtirish ayblovi ilgari surilgan.

Biroq shved sudining apellyatsiya qarori qolgan 5 nafar sudlanuvchiga taalluqli emas.

“Eltuz” nashri shved sudi 2018 yilning 31 may kuni terror hujumi tayyorlashda gumon qilingan tag‘in to‘rt nafar o‘zbekistonlikni hibsga olish haqida qaror chiqargani haqida yozgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 july 2019
Prezident Mirziyoev 2017 yilning  13 iyunidagi chiqishida o‘zbek sudyalarini odamlarni himoya qilmaslikda, poraxo‘rlikda, nohaq qarorlar chiqarishda ayblagan edi. Karimov ...
20 september 2017
Prezident Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida qatnashish uchun AQShga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Airbus A340-313 shaxsiy samolyotida bordi. ...
21 february 2023
O‘zbekiston rahbariyati konstitutsiyani ochib o‘qib ko‘rsa bo‘lardi. (Harf taniydi degan yaxshi niyatdamiz) Konstitutsiyada vatandoshlarning teng huquqli ekani va hech ...
28 april 2017
Toshkent propiskasiga kirish uchun rasmiy ro‘yhatdagi hujjatlarni yig‘ishga vaqtincha poytaxtda bo‘lish muddati ham yetmasligi haqidagi maqolani chop etgan Kun.uz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...