Asosiy mavzular
25 january 2017

Farg‘ona. Bir haftada to‘rtta bosqinchilik

Farg‘ona viloyatining tuman IIB idoralaridan birida ishlovchi Eltuz manbasiga ko‘ra, ba'zida guruh bo‘lib, ba'zida yakka tartibda uylarga kirayotgan o‘g‘ri va bosqinchilarni topish oson kechmayapti.

«Bir haftada to‘rt marta o‘g‘irlik haqida ma'lumot oldik, – dedi tuman IIBlaridan birida ishlovchi manba.

Uning bildirishicha, kollej direktorining uyidan 6 million so‘m o‘quvchilardan kitobga deb yig‘ilgan pul va tilla taqinchoqlar yo‘qolgan.

Yana bir savdogar ayolning uyidan ham qimmatbaho buyumlar olib chiqib ketilgan, bir holatda o‘g‘ri hech narsa olmasdan chiqib ketgan, uy egasi vaqtida qo‘shnilarini chaqirishga ulgurgan.

«Toshkentning “Abu Saxiy” bozorida do‘koni bor ayolning kelini va uch nafar nabirasini talonchilar bog‘lab qo‘yib, uyidagi tilla buyumlarni olib chiqib ketgan. Bosqinchilik va talonchilik qilganlar yetti kishi ekan, olib borilgan tezkor qidiruv ishlaridan keyin ular topildi», – dedi boshqa bir IIB xodimi.

Ammo ko‘p hollarda bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari ochilmay qolayapti. Eltuz bilan suhbatlashgan manba, buning hammasiga ishsizlik va ish haqining ozligi sababligini aytadi.

«Yosh yigitlar ishsiz. Bor ishlarda esa oylik qoniqarli emas. Ba'zilar esa Rossiya va boshqa davlatlardan deportatsiya bo‘lganlar. Ular chetga chiqib ketolmaydi, bu yerdagi oylikka esa ularning ishlagisi kelmaydi. Shuning uchun o‘g‘irlik va bosqinchilik, talonchilik ko‘paymoqda», – deya so‘zlarini yakunladi IIB xodimi.

Nasima Davron qizi
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 august 2020
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishida Buxoro amirligining roli katta bo‘lganini hech kim inkor qila olmasa kerak. Uchta xonlikdan ...
15 may 2018
Mirziyoevning AQShga safari arafasida qamoqdan ozod etilgan o‘zbek faoli Fahriddin Tillaev, xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvda erkinliklar va muxolifatga ...
20 august 2021
Joriy yilning 5 avgustida Oliy sudning sudlov hay'ati O‘zbekiston fuqarosi David Bagmanyanni ruhiy nosog‘lom deb topish to‘g‘risida avval qabul ...
11 march 2020
Koronavirus: «Kunlar isidi. O‘limim yaqin. Alvido, Toshkent!» Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...