Kundalik
16 february 2017

Avtosanoatdagi korruptsiya bois hibsda bo‘lgan Jalilov yana lavozimiga qaytdi

15 fevral kuni, avtosanoatdagi korruptsiya bois ishdan ketgan va qamoqqa olingan “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari Tohirjon Jalilov lavozimiga qaytdi.

Rossiyadagi Ravon vakolatxonasining marketing bo‘yicha sobiq direktori Yelena Kuznetsovaning bu haqda Eltuz muxbiriga bildirishicha, Jalilov juma kunidan boshlab “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari sifatida ish boshlaydi.

49 yashar Tohirjon Jalilov, 2016 yili avtosanoatdagi 200 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanib, bir muddat Toshkentdagi MXX tergov izolyatorida saqlangan edi.

“O‘zavtosanoat” tizimida ishlaydigan, Eltuz muxbiriga o‘zini Ulug‘bek deb tanishtirgan asakalik muhandis «katta miqdordagi o‘g‘irliklarning boshida turgan” Jalilovning oqlanishini “aqlga sig‘maydigan tushunmovchilik” deya ta'rifladi.

“O‘g‘ri qamoqda o‘tirishi kerak, hukumat kabinetida emas deb bilardim. Mirziëev davrida buning teskarisi bo‘lmoqda” dedi u.

Jalilovni chorshanba kuni peshindan keyingi majlisda, eski lavozimiga qaytargan Bosh vazir Aripovning o‘zi ham Karimov davrida urilib Mirziëev davrida «tirilgan korruptsioner» sifatida ko‘riladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 december 2017
Karimov rejimi hosilasi bo‘lgan “jurnalist” Sherzod Qudratxo‘jaev matbuotdagi chiqishida o‘zbeklarni “benzin qimmatlasa, dod-voy soladigan arzon odamlar”, deb atadi. U ...
19 december 2022
(Nullum crimen, nulla poena sine lege) Davlatning kuch ishlatar tizimlari qarshisida shaxsning qadr qadr-qimmatini muhofaza qilishning eng muhim vositasi ...
21 september 2021
O‘zbekistonda majburiy ruhiy davolash: sovet zamonidan qolgan amaliyot hamon mavjud O‘zbekiston inson  huquqlari forumi (O‘IHF) mamlakatda faollar ovozini o‘chirish maqsadida ...
4 january 2016
Qudrat Bobojon Eltuz.com Eltuz manbalariga ko‘ra janozada ortiqcha gap so‘z bo‘lmasligini MXX zobitlari maxsus nazorat qilgan. O‘z TV diktori ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...