Asosiy mavzular
17 february 2017

Shahardan badarg‘a qilingan «Damas»lar tumanlarga qatnay boshladi

Andijon shahrida fevral boshida faoliyati taqiqlangan “Damas” mashinalari tumanlarga ketib kirakashlik qilmoqda.

Bu haqda Eltuz muxbiriga bildirgan andijonlik 28 yashar tadbirkor Rahmatullohga ko‘ra, kirakashlarning oilalari “Damas”dan keladigan tushumga qarab qolgan:

«Ba'zilar mashinasini sotdi¸ ko‘plar esa tumanlarga qatnayapti. Tirikchilik qilish kerakku» deydi tadbirkor.

«Mirziyoev islohotlarining formulasi «Alixo‘ja-Xo‘jaali» ekani yana tasdiqlandi», deya yozdi bu haqdagi xabarni feysbukdagi o‘z lentasiga ilgan Ulug‘bek Ashur.

Andijon shahridan «badarg‘a qilingan «Damas»larning nima uchun «ishsiz qolmaganligi»ni izohlarkan, jurnalist Ulug‘bek Ashur, buning sababini «Damas» egalarining ko‘pchiligi hokimiyatda ishlashida ko‘radi.

«Ularning son-sanoqsiz avtomobillari shahar bo‘ylab odam tashiydi va bir tiyin ham soliq to‘lashmaydi. Qo‘yilgan taqiq ularga yana katta foyda olib keladi endi», deya bildiradi u.

Uning fikricha, shahar tashqarisiga qatnash shahar ichida yurishdan qimmatroq.

«Damas» o‘rnini “Isuzi” egalladi

Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, ikki yil muqaddam Viloyat hokimi qarori bilan Andijon shahriga 200 dona «Isuzi» avtobuslari keltirilgan edi.

Iste'molchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi vakili Eltuz muxbiriga, yo‘lovchi tashishda «Damas»larning to‘xtatilishining bir sababini haydovchilari ustidan keyingi paytlarda kengashga juda ko‘p shikoyatlar bilan izohlagan.

«Damaschi»lar insofsiz bo‘lib ketishgan, yo‘lkira narxini xohlagancha ko‘tarib olaveradilar, shu sabab bu transportlar harakatini cheklash zarurati anchadan buyon ko‘tarilib kelayotgandi», degan edi u.

Yo‘lovchi tashish uchun havfli transport

Hokimlikning shaharda «Damas» yo‘lovchi tashilishini to‘xtatish haqidagi qarori yo‘l harakatini tartibga solish zarurati bilan izohlangan.

Viloyat hokimligi vakilining mahalliy matbuotga bildirishicha, qaror “Damaslar ishtirokidagi avariyalarni oldini olish maqsadini” ko‘zlagan.

Eltuz muxbiri gaplashgan shahar DAN xodimlaridan biri, «Damas»larning yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallanmaganini bildirdi.

«Ayni “Damas”chilarning harakati tufayli keyingi paytlarda avariyalar ko‘payib ketdi”, — deydi u.

Uning fikricha bu kichikroq oilaga mo‘ljallab ishlab chiqarilgan avtomobil.

Boshqa tomondan shahar yo‘nalishida «Damas» transportining to‘xtatilishidan ko‘pchilik yo‘lovchilar norozi.

«Agar, maqsad yo‘l harakatini tartibga solish bo‘lsa, buning uchun yaroqsiz bo‘lgan transportni viloyat hududlariga yo‘naltirilishida qanday mantiq bor?», deya yuzlanadi Muzaffar Qosim ismli boshqa bir feysbuk yuzeri.

Uning fikricha, bugun «Damas»lar harakati boshlangan tumanlar bo‘ylab avtomobil yo‘llarining bugungi ahvoli, Andijon shahar yo‘llaridan ko‘ra yuz chandon buzuqroq.

Andijon viloyat hokimining maxsus qaroriga ko‘ra 1 fevraldan boshlab shaharning ichki yo‘nalishlarida «Damas» avtomashinalari bilan yo‘lovchi tashish butunlay taqiqlangan edi.

Bunga qadar Andijon shahrida 92 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘rt mingga yaqin «Damas» avtomobillari aholiga xizmat qilgan.

Andijon shahar hokimligidan olingan ma'lumotga ko‘ra, ularning yarmi avtouyushmalarga, yarmi esa yakka tartibda ishlovchi haydovchilarga tegishlidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 january 2026
2026 yilning ilk oyida Eron so‘nggi o‘n yilliklardagi eng jiddiy ichki inqirozni boshdan kechirmoqda.  Dastlab inflyatsiya darajasi keskin ko‘tarilib ...
20 august 2018
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov mingan «Mersedes» 20 avgust kuni Bekobod-Toshkent yo‘lida «Damas» yengil avtomobili bilan to‘qnashgan. Ichki ishlar ...
22 april 2017
Rossiyalik muxolifatchi bloger Aleksey Navalniyning fikricha, tagi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov turli yo‘llar bilan pora berganini yashirmoqchi. Aprel ...
12 december 2017
Prezident Mirziyoev 7 dekabr kungi nutqida Xalq qabulxonalariga bir yil ichida bir yarim million shikoyat tushganini bildirdi. Shikoyatlarning eng ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...