Asosiy mavzular
11 march 2017

Gugush 16 yil qamoqqa hukm qilindi

Kelib chiqishi ozarbayjonlik bo‘lgan taniqli qo‘shiqchi va kino artisti Gugushni Eron Inqilobiy mahkamasi 16 yil qamoq jazosiga sirtdan hukm qildi.

Gugush 2000 yildan buyon Los Anjelesda yashaydi

Gugush 2000 yildan beri AQShning Los Anjeles shahrida yashab keladi. Inqilobiy mahkama hukmi Eron rasmiy nashri bo‘lgan “Himoyat” gazetasida e'lon qilindi.

Gugush bilan birgalikda hijratda yashaëtgan Eron dissidentlari jurnalist Nekoxang Kavasar, bloger Marziya Arman, fotograf Toro Iynonlu, GTV telekanali rahbari Said Karimiyon va tarmoq aktivisti Amin Anvarii Rustami ham uzoq muddatli sirtqi jazoga hukm qilindi.

Ular Eronnig “tinch-osuda” haëtini ko‘ra olmaslik, mamlakat rahbarlarini qoralash va milliy xavfsizlikni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan qo‘poruvchilikda ayblanishgan.

Eron mutaassib rejimi tarafidan 16 yilga hukm qilingan qo‘shiqchi Gugush 2002 yilda kuylagan «G‘aribi-Oshno» qo‘shig‘i BBS versiyasi bo‘yicha Sharqning eng ommabop qo‘shig‘i deb e'tirof qilingan edi.

Ko‘chalarga suvlar sepdim, ër kelganda to‘z bo‘lmasin…

Gugushning asl ismi Foiqa Otashin. Gugush uning tahallusi.

Sovet Ozarbayjonidan qochib Eronga yerlashgan ozariy san'atkor oila Sobir va Nasrinning qizi Foiqa 1950 yili Texronning ozariylar yashaydigan Sariqchashma mavzeida tug‘ildi.

Gugush 7 yasharlik paytida otasi bilan saxnalarda qo‘shiq kuyladi.

Eronda suratga olingan filmlarda suratga tushdi.

1971 yili Gugush Frantsiyadagi Kann musiqa festivalida “Retour de la ville” va “J’entends crier je t’aime” qo‘shiqlarini frantsuz tilida ijro qilib, bosh sovrinni qozondi.

Bu davrga kelib, Gugush Erondagi eng mashxur qo‘shiqchiga aylanib ulgurgan edi.

Ulkan stadionlarga yig‘ilgan minglab eron ëshlari “Man omadayam” qo‘shig‘ini Gugushga jo‘r bo‘lib kuylashar edi.

Gugushning jarangli ovozi istiqboliga minglab qo‘llar cho‘zilgan edi…

Eronda yuz bergan Islomiy inqilobdan so‘ng, 1979 yilda mamlakat ulamolar kengashi Gugushga qo‘shiq aytishni ta'qiqlab qo‘ydi.

Gugush Erondan chiqib ketganida, Tehrondagi ozarbayjoncha gazetalar “Oqqush o‘z ko‘lidan ayrildi” deb ëzishdi.

Ashulachi o‘ziga tahallus sifatida tanlagan Gugush kalimasi ozariy tilida Gu qush (Oq qush) ma'nosini beradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 january 2018
13 yanvar kuni Toshkentda taniqli o‘zbek yozuvchisi Nosir Fozilov 88 yoshida vafot etdi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning kamtar ...
13 march 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel oyida kutilayotgan Konstitutsiyaga o‘zgartirish ...
7 april 2020
Taniqli hofiz Rustam Hojimamedov Samarqandiy 6 aprel kuni AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan o‘lgani haqida yaqinlari ma'lum qildi. «Qurbon o‘lam» ...
9 september 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga diqqat qaratadi va eplaydi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...