Catira
24 april 2017

Jurnalistika – hukumatning zanjirband iti emas, balki mustaqil institutdir

So‘nggi ikki hafta davomida o‘zbek televideniesining bosh xabar dasturlari «Davr» va «Axborot»da sezilarli o‘zgarishni kuzatish mumkin.

Teleko‘rsatuvlarda garchi, yangi prezidentni maqtash, Shavkat Mirziyoevga ta'zim keltirish to‘xtagani yo‘q, biroq barcha uchun kutilmaganda, jurnalistlar oddiy odamlar turmushiga g‘amxo‘r bo‘lib qolishdi.

Yuqorida keltirilgan telekanallarda Toshkentning Chilonzor va Olmazor tumanlaridan hujumkor reportajlar tayyorlandi. Bu reportajlarda, mahalliy hokimlar ayovsiz tanqid qilindi, buzilgan yo‘llar, avariya xolatiga kelib qolgan ko‘pqavatli uylar, suv toshib ketgan podvallar ko‘rsatildi. Jurnalistlarning kamerasi maktab muzxonasigacha yetib bordi va hatto tomoshabinlar u yerdagi sasigan go‘shtni ko‘rishlari mumkin bo‘ldi.

Ayni tanqid mamlakat prezidenti ushbu hokimlarni ishdan olishi ortidan yangradi.

Olmazor tumanidan tayyorlangan lavha mualliflari, bu ahvol ayni tumanlargagina emas, balki butun tizimga taalluqli ekanini taxmin qilishgacha borishdi.

Balki siz, buning nimasi yomon, deya so‘ramoqchidirsiz?

Ommaviy axborot vositalari mustaqil va muhim davlat instituti hisoblanadi. Shunchalik muhimki, ularsiz mamlakatning samarali rivojlanishi mumkin emas.

Amerika prezidenti Tomas Jefferson, garchi o‘zi ham jurnalistlar dakkisini ko‘p yegan bo‘lishiga qaramay, agar matbuot va hukumatdan birini tanlash lozim bo‘lsa, hukumatni emas, matbuotni afzal ko‘rishini aytgan edi.

Yillar davomida allaqaerdagi yutuqlar haqida aytib kelgan o‘zbek televideniesi jurnalistlari, matbuotning erkinligi uning hukumatdan mustaqil ekanini anglatishini tushunishlari lozim. Mamlakatda juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolgan, bu haqda prezident gapirmasidan oldinroq aytishga urinib ko‘ring.

Umida Niyazova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 july 2017
1 avgustda O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imtihon o‘tadigan joylarga bu yil videokameralar o‘rnatiladi, abiturientlardan barmoq izlari olinadi. ...
8 february 2017
7 fevral kuni o‘tgan selektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoev, tug‘uruqxonalarda poraxo‘rlik ochiqdan-ochiq tus olgani haqida gapirdi. «Tug‘ilganga pul berish ...
3 august 2018
Bir paytlar neftbazadan benzin, solyarka olib chiqib sotar edik. Yashirincha olib chiqar edik, ishchilariga pul bersak, hech kim yo‘qligida ...
21 october 2020
Qashqadaryoning G‘uzor tumanida 21 oktyabr kuni oylik maoshlari berilmaganidan norozi GTL ENTER ENGINEERING kompaniyasi ishchilari g‘alayon ko‘tarishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...