Kundalik
12 may 2017

Shoir Tursunboy Adashboev vafot etdi

12 may kuni Toshkentda atoqli o‘zbek shoiri Tursunboy Adashboev yurak hurujidan vafot etdi.

Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarida O‘sh viloyatiga qarashli Olabuqa tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti hamda Moskvadagi Adabiyot institutini bitirgan.

76 yoshli adib ham Qirg‘iziston, ham O‘zbekistonda bolalar shoiri degan nom qozondi.

Shoirning «Kamolning olmasi» deb nomlangan ilk kitobi 1967 yil chop etilgan.

Keyinchalik uning «Biz, sayohatchilar» (1969), «Arslonbobo sharsharasi» (1973), «Surnay» (1975), «Nurdaryo» (1977), «Guldasta» (1979), «Olatog‘ – lolatog‘» (1982), «Oqbura to‘lqinlari» (1985), «Sovg‘a» (1987), 1989-1990 yillarda uning «Arslonbobo afsonasi», «Sichqonning orzusi», «Uch bo‘taloq va sirli qovoq» to‘plamlari bosilgan.

Marhumning janoza marosimi 13 may kuni Toshkentda, O‘zbekiston vaqti bilan 10 da bo‘lishi aytilmoqda.

Eltuz nashri tahririyati shoirning oila a'zolariga, yaqinlari va muxlislariga o‘z ta'ziyasini bildiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 august 2016
1995 yilning 26 iyunidan beri O‘zbekiston MXX raisi lavozimini egallab kelayotgan 72 yashar Rustam Inoyatov Karimov o‘rtadan ketishi bilan ...
18 june 2020
Turkiya poytaxti Anqarada 2019 yili halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirovaning ishi Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda ...
20 october 2025
«O‘ris meni o‘z armiyasida bosqinchi urushga majbur qildi» deb dodlaëtganlarning tarjimai holini ko‘rib chiqsang «o‘zi aybdor» degan xulosaga kelasan. ...
23 may 2019
Las-Vegas – gunohlar shahri. Aholisi yarim million, daromadi kazino va qimordan keladigan bu shaharda bir nechta masjid bor, bugungi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...