Catira
20 october 2025

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sobiq xodimi rus armiyasiga yollandi

«O‘ris meni o‘z armiyasida bosqinchi urushga majbur qildi» deb dodlaëtganlarning tarjimai holini ko‘rib chiqsang «o‘zi aybdor» degan xulosaga kelasan.

Ukrainaga urushiga ëllangan o‘zbeklar (umuman ko‘pchilik o‘zbeklar kabi) o‘ta putinparasat va o‘risqul bo‘ladi. Ularni miyasini o‘ris TV va matbuoti eng so‘nggi hujayrasigacha zaxarlab bo‘lgan. 

Faqat o‘ris armiyasiga borib urushda bir tentigan mol kabi, izg‘igan tarakan kabi yanchib o‘ldirilish xatari aniq bo‘lganidan keyin dodlashadi.

Meni  xatarga solaëtgan narsa  O‘zbekistondagi DXX, IIV va ayniqsa O‘zbekiston mudofaa vazirligi xodimlari orasida ëyilgan o‘risqullik. Bu mamlakat xavfsizligi uchun katta tahdid.

Shu kunlarda jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi O‘zbekiston mudofaa vazirligining sobiq soldatini Rossiya bosqinchilik armiyasida qatnashib  mustaqil davlat hududiga bostirib kirib xotin qizlar va ësh bolalarni o‘ldirganlikda aybli deb topib 3 yilu 1 oy qamoq jazosi tayinlanadi.

Baxmal tumanida tug‘ilgan bu itvachcha hashorat  2023 yilda atay Moskvaga borib bosqinchi o‘ris armiyasiga ëllangan. U Tolyatti shaxridagi diversantlik maktabida odam o‘lririshga atay o‘rgatilgan.

U bu qotillik saboqlarini Ukrainaning Lugansk viloyati Mirne qishlog‘ida qo‘llagan. (Uning bu qishloqda sodir qilgan urush jinoyatlarini Ukraina  xavfsizlik xizmati monitoring qilgan.)

Tabiatan sotqin, hujayralari o‘risqullik bilan to‘lgan bu baxmallik it ikkinchi marta o‘ris armiyasi bilan shartnoma tuzib yana bosqinchilik urushida qatnashishi uchun mustaqil Ukarina hududiga kirgan. 

Bu safar uni o‘rislar bosib olgan Qrim orolida Ukraina dronlariga qarshi qismga joylashtirishgan. Bu itvachchaga o‘sha yerda o‘q tegib yaralangan va bir oy Moskvadagi gospitalda davolangan.

Shundan keyin u O‘zbekistonga qaytganida ushlangan. Sudda u  «ishidan pushaymon ekani, xudojo‘yligi va to‘rt bolasi borligini» aytib yengillik so‘ragan.

Sud bu gaplarga «ishonib» bu manqurtni deyarli jazosiz qoldirdi. (Mirziëev avf qilishi va'da qilindi. Bir oylarda qamoqdan chiqib yana Rossiyaga borib urushga ëllansa kerak.)

Shu o‘rinda nega O‘zbekiston Mudofaa vazirligi soldatining o‘ris armiyasiga ëllanishini Harbiy sud ko‘rib chiqmadi degan savol tug‘iladi. Bu zobit O‘zbekistonning Xonobodida  harbiy aviatsiya qismida xizmat qilgan. 

Boshqa davlat armiyasiga ëllangan o‘zbek soldatini tribunal hukmi bilan otib tashlash kerak emasmi?

Shu o‘rinda bu «o‘z ishidan pushaymon» soldatning Putin va Shoygu imzolagan medallarni olgan paytida «Rossiyaga xizimat qilaman» deb chest bergani aks etkan videolar Ukraina istixborida bor ekanligini aytib qo‘ysam.

Yana aytaman, O‘zbekiston mudofaa vazirligi va kuch ishlatar tizimlar ichi o‘risqullardan tozalanib tarbiyaviy ma'rifiy ishlar sifati qayta ko‘rib chiqilishi shart.

Tag‘in o‘qing
1 september 2022
Ko‘plab shov-shuvli ishlarda advokatlik qilgan huquqshunos Umid Davlatov 1 sentyabr kuni 42 ëshida Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tdi. Yurak qon-tomir ...
21 june 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan shaxslar vaqtincha ushlab turilardi. ...
22 september 2020
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘raev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb ...
7 august 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...