Asosiy mavzular
29 may 2017

Istanbulda yashaydigan Shahnoza o‘z ukasini pichoqladi

Ikki yildan beri Istanbulda yashab kelgan O‘zbekiston vatandoshi Shahnoza. K o‘zi bilan bir uyda istiqomat qiladigan ukasi 24 yashar Saidjamol Rajabovni pichoqlab qochib ketdi.

Turk matbuotining ma'lum qilishicha, Shahnoza.K bilan ukasi o‘rtasida ish topish masalasida boshlangan janjal pichoqlashuv bilan yakunlangan.
Jiddiy jarohat olgan Saidjamol Rajabov Istanbuldagi kasalxonada qolmoqda. Politsiya uning opasini qidirmoqda.

Hurriet gazetasi muxbiri Chetin Oydinning o‘rganishiga ko‘ra, Istanbuldagi ijara uyda Shahnoza ikki yildan beri do‘sti bilan yashab kelgan va 8 oy oldin ukasi Toshkentdan kelib ular bilan birga yashay boshlagan.

Rajabovni yaqindan tanigan o‘zbekistonlikning Eltuz muxbiriga aytishicha, Shahnoz o‘z ukasining qorniga oshxona pichog‘ini tiqqan:
“Sakkiz oydan beri Saidjamol Rajabov bilan opasi Shahnoz o‘rtasida kunora janjal bo‘lgan. Shahnoza ukasiga «ish topmading, parazitsan», deb ma'lomat qilgan. Janjalu malomat joniga tekkan Saidjamol opasiga qo‘l ko‘targan. Opasi esa oshxonadan pichoq olib chiqib, Saidjamolning qorni va bo‘yniga sanchgan. Qoniga bulg‘angan ukani chalajan holda qoldirgan Shahnoz, uydan chiqib ketgan», deydi suhbatdosh.

Istanbulda istiqomat qiladigan o‘zbek vatandoshlarining aniq soni ma'lum emas.

Turkiyadagi o‘zbeklar islomiy ekstremizm, terrorizm, fohishabozlik va maishiy qotillik qilgan shaxslar sifatida Turkiya matbuotida yuz ko‘rsatishadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 march 2019
O‘zbekiston hukumati fermerlik harakati siyosatini qaysi yo‘nalishda davom ettirishini bilmay, shuncha yillardan buyon halak bo‘lmoqda. Bundan bir necha oy ...
11 august 2021
“Xiva shahri – turk dunyosi poytaxti” dasturi doirasida Turkiyaning Nevshehir viloyati hududida joylashgan O‘rtahisor yoki boshqa nomi Kapadokiya shaharchasida ...
2 june 2022
Rassom Tuzdan yangi karikatura eltuz.com
26 august 2024
Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar, Tolibon hukumati musiqa va zamonaviy madaniyatga qarshi. Toshkentning shprits zavodida portlash sodir bo‘ldi. Jinoiy avtoritet Husan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...