Asosiy mavzular
16 june 2017

«Mardikorlar profsoyuzi» faolining qamoqda o‘lgani yarim yil o‘tib ma'lum bo‘ldi

Mardikorlar kasaba uyushmasini tashkil qilishga uringan faol Nuraddin Jumaniyozovning 2016 yilning 31 dekabr kuni 68 yoshida qamoqxonada vafot qilgani yarim yil o‘tib ma'lum buldi. Foto: Mahkum o‘zbek faollari (o‘ngdan) Nuraddin Jumaniyozov va Fahriddin Tillaev

Inson huquqlari himoyachisi Nadejda Ataevaning Eltuz nashriga bildirishicha, bu xabarni shu yilning 15 iyunga qadar hukumat amaldorlari ham, marhumning yaqinlari ham yashirib kelishgan.

«Ular indamay kelishdi shuncha vaqt. Biz bu vaqt ichida BMT idoralari, mamlakat elchixonalari orqali qancha so‘rovlar berdik. Unga yordam berishga harakat qilib keldik. Uning xotini hech kim bilan gaplashishni istamadi», deya bildirdi Nadejda Ataeva Eltuz Nashriga.

U shuningdek, diabet kasali bilan og‘rigan mahkum Jumaniyozovga advokat Polina Brauberg orqali dori darmon jo‘natganini, biroq jazoni ijro qilish muassasi qarshilishi bilan bu dori darmonlar egasiga yetkazilmay, advokatning qo‘lida qolib ketgani haqida gapirdi.

Jumaniyozov Nuraddin, yana bir o‘zbek faoli Fahriddin Tillaev bilan birga «Odam savdosi»da ayblanib 2014 yilning yanvarida hibsga olingandi.

Ayni ayblovlar bilan Jumaniyozov 9 yilga, Tillaev esa 10 yilu 8 oyga hukm qilindi. Ular shuningdek, tergov chog‘ida qiynoqlar qo‘llanganining advokat orqali bildirishgan.

O‘zbek faollari Nuriddin Jumaniyozov va Fahriddin Tillaevlar hibsga olinguniga qadar bir necha yil davomida O‘zbekistonda Mardikorlar va mehnat migrantlari huquqini himoya qilish maqsadida faoliyat olib borishgan.

Ular stixiyali tarzda paydo bo‘ladigan «mehnat birjalari» (mardikor bozorlari)ga borib, mardikorlar bilan tushuntirish ishlari olib borishgan, ularga mehnat huquqlari haqida gapirishgan.

2012 yilning sentyabrida Mardikorlar kasaba uyushmasiga a'zolik anketalarini tarqatishayotganida ularni militsiya ushlagan edi.

Ta'kid joiz, mardikorlar – O‘zbekistondagi eng huquqlari cheklangan toifaning biridir. Odatda ular – O‘zbekistonning qashshoq hududlaridan ish izlab shaharga keladigan yosh yigitlardir.

Toshkent propiskasining yo‘qligi, ko‘pincha ularni majburiy mehnat qurbonlariga aylanishlariga, militsiyaga pora berishlariga sabab bo‘lib keladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 march 2018
BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini ...
9 june 2023
Rassom Tuz
25 december 2025
Namangan viloyati inkassatsiya boshqarmasida ishga qabul qilish jarayonlarida qonunbuzarlik va tanish-bilishchilik holatlari mavjudligi aytilmoqda. Fuqarolarning bildirishicha, boshqarma boshlig‘i X. ...
13 april 2021
O‘zbekiston nodavlat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini soddalashtirishi va fuqarolik jamiyati ovozlarini qonuniylashtirishi kerak.  Yaqinda Adliya vazirligining nodavlat tashkilotlar boshqarmasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...