Asosiy mavzular
20 november 2019

Chiroqchida yana bir ayiq o‘ldirildi

Qashqadarë viloyatining Chiroqchi tumanidagi Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. «Eltuz»ga yuborilgan videoda «Qizil kitob»ga kirgan noëb qo‘ng‘ir ayiqning nimtalanib, teridan chiqarilaëtgani aks etadi.

Ayiqni nimtalaëtgan odamning ismi mahalliy bozor rahbari Saydulla Botirov ekani iddao qilindi. Videodagi holat qachon bo‘lgani haqida esa «Eltuz»da ma'lumot yo‘q.

Bundan oldin Chiroqchi tumani Langar mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Tutli qishlog‘i turg‘uni Qahramon Sulaymonov ham IJ-17 rusumli miltiqning 16-kalibrli o‘qi bilan ayni turga kiruvchi yovvoyi ayiqni otib o‘ldirgan edi.

Yil boshidan beri O‘zbekistonda uchta ayiq o‘ldirilgani «Eltuz»ga ma'lum.

Namangan viloyatining Chust tumani G‘ova qishlog‘ida 14 oktyabr kuni vazni 300 kiloli qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi.

G‘ova qishlog‘ida o‘ldirilgan ayiq O‘zbekiston bo‘ylab bor-yo‘g‘i 250 tacha bo‘lgan, mamlakat «Qizil kitobi»ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqlarning (lotincha Ursus arctos isabellinus) biri edi.

O‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvalievning uyida uning o‘zi otib o‘ldirgani aytilgan ikkita qo‘ng‘ir ayiq ichiga somon tiqilib turgani aks etgan videoni «Eltuz» o‘tgan oy ëyinlagan edi.

Hayvonlarga shafqatsiz munosabat holatlari haqida matbuotda kunora xabarlar paydo bo‘lmoqda. O‘tgan oyda Toshkentda tirik itning boshiga benzin sepib ëqib yuborishgan edi.

Toshkent shahri IIBB itning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan vatandoshlar shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

Termiz shahri hokimligi 2019 yilning 25 oktyabr kuni mahalliy matbuotda chiqish qilib, daydi hayvonlarga qarshi kurash boshlaganini aytdi.

Termiz shahri obodonlashtirish boshqarmasining daydi hayvonlarni ushlash va yo‘qotish bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida 672 ta qarovsiz daydi hayvon o‘ldirilgan.

Avvalroq Buxoroda 10 mingga yaqin daydi va qarovsiz it-mushuk yo‘q qilingani tarmoqdagi hayvonsevarlarning g‘azabli muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.

Eltuz.com

eltuz.com
Tag‘in o‘qing
12 september 2019
O‘zining “Amerika kasalligi” bilan og‘riganini tan olgan amaldor xalqni ko‘p go‘sht yeb qo‘yayotganlikda, buning natijasida go‘sht narxi ko‘tarilib ketayotganlikda ...
15 april 2025
O‘zbek tili va elining erkin bo‘lishi uchun kurashgan, umrining so‘ngiga qadar demokratiyaning O‘zbekiston uchun eng ma'qul tizim ekanini aytib ...
23 february 2017
Ikki oy avval Sog‘liqni saqlash vazir bo‘lgan Adham Ikromov ishdan olinib, o‘rniga Oliy majlis qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Alisher ...
16 november 2020
O‘zbekiston maktablarida darsdan oldin madhiya kuylanib, tanaffusda maxsus radiokarnaylardan vatan mavzusidagi she'r va qo‘shiqlar eshittirila boshlandi. Joriy qilingan bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...