Asosiy mavzular
21 june 2017

O‘zbek qizi Turkiya prezidenti tansoqchisini o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Turkiya prezidentining tansoqchilari boshqarmasida ishlaydigan 24 yashar Ramazon O‘zchelik (Ramazan Özçelik)ning boshidan o‘q uzilgan jasadi O‘zbekiston vatandoshi Farida Bayramovaning Istanbuldagi kvartirasidan topildi.

Turkiyada farmatsevtika sohasida o‘qiëtgan 25 yashar Bayramova Terrorga qarshi kurash idorasi tarafidan so‘roq qilinmoqda. Foto: Hurriet

Hurriyat gazetasining ëzishicha, Turkiya prezidenti tansoqchilar boshqarmasida 2016 yildan beri politsiya lavozimida ishlab kelgan O‘zchelik o‘tgan dushanba kuni soat 14 da Farida Bayramovaning uyida boshidan otib o‘ldirilgan.

Bayramovaning uyidan to‘rtta farqli nomerli qo‘l telefoni topilgan.

Habarturk gazetasi muxbiri Muslim Sarvarning ëzishicha, Malatiyadagi Ismat Enuni universiteti farmatsevtika fakulteti talabasi Farida Bayramova “Ramazon sevgilim edi, men uni o‘ldirmadim, o‘ o‘zini o‘ldirdi” deya iddao qilgan.

Rus ruletkasi

Bayramovaning iddaosiga ko‘ra, marhum O‘zchelik “rus ruletkasi” qanday bo‘lishini ko‘rsatish uchun peshonasiga to‘pponchasini tirab tepkini bosgan va tasodifan o‘lgan.

Hurriyat gazetasi Bayramovaning so‘roqda bergan ko‘rsatmasidan iqtibos keltiradi:

“Ramazon bilan birgalikda qo‘l telefonimda rus ruletkasi videosini tomosha qildik. Keyin Ramazon, bu o‘yin unday emas, mana bunday o‘ynaladi deb to‘pponchani chap qo‘liga olib peshonasiga tiradi. Uni to‘xtatib qolishni istadim, ammo kech bo‘lgan edi. To‘pponcha otildi. Ko‘z o‘ngimda o‘ldi”

Tergovchilar “Rus ruletkasi” hikoyasiga ishonmadi

«Tergovchilar Bayramovaning ko‘rsatmasidan ziddiyat topishdi» deya ëzadi Hurriyat gazetasi. Tekshiruvlar asnosida na Bayramovaning va na O‘zchelikning telefonidan “Rus ruletkasi” videosi tomosha qilinmagani aniqlangan.

Tergovchilarning matbuotga bildirishicha, Turkiya prezidenti tan soqchilari qo‘lidagi mavjud to‘pponchada rus ruletini o‘ynash imkoni yo‘q.

Eltuz suhbatlashgan tarixchi Sergey Spiridonovga ko‘ra, rus ruletkasi odatda olti o‘qli revolverda o‘ynaladi.

«Russkaya ruletka ëki gusarskaya ruletka deb ataladigan bu ekstremal qimor o‘yini asosan revolverda o‘ynaladi. Turkiya politsiyasi qo‘llanadigan va o‘qdoni to‘pponcha dastagida joylashgan qurolda buni o‘ynash imkonsiz.

O‘yin keng tarqalgan va kinolarda ham aks etgan. Revolverning 6 o‘q sig‘adigan barabaniga bitta ëki ikkita o‘q solinadi. Keyin baraban aylantirilib o‘q qaerdaligi chalkashtiriladi. Keyin chikka, ë pikka deb tepki bosiladi. Ko‘p xollarda bu o‘yin o‘lim bilan tugaydi» deydi tarixchi.

Marhumning onasi: O‘g‘limni tuzoqqa tushirib o‘ldirishdi

O‘g‘lining o‘lim habarini uyiga kelgan politsiyachilardan eshitgan Zaynab O‘zchelik uning o‘zini o‘ldirganiga ishonmasligini aytadi:

«Uni tuzoqqa tushirib o‘ldirishgan. Qotillikning jiddiy tergov qilinishini talab qilaman” deydi u turk matbuotiga.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 april 2017
Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib ...
14 march 2019
Juda g‘alati ishlar bo‘lyaptiki, na jim turib bo‘ladi va na gapirib. Ammo “qilingan ishdan pushaymon qilinmagan ishdan pushaymondan yaxshiroq”, ...
8 december 2015
Rossiyaning Krasnodar shahrida baland qavatli uy qurilishida ishlayotgan 30 yashar o‘zbek yigit 18 qavatdan yiqilib o‘ldi. Eltuz.com
25 january 2017
Mirziyoev Respublikada hammaga yuztadan tovuq boqishni buyurdi. Buning nazoratini, barcha raxbarlar, jumladan Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovga topshirdi. Rassom ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...