UzPoster
23 october 2025

Zelenskiy: “Ukrainaning hech bir hududi Rossiyaga berilmaydi”

Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammiti oldidan Ukraina prezidenti shuningdek, rossiyaliklar fuqarolik infratuzilmalariga hujum qilishda davom etayotgani, bolalar bog‘chalari, maktablar va tinch aholiga zarba berayotganini ta'kidladi:

“Bu shuni anglatadiki, biz nafaqat Yevropa va AQSh bilan birga himoyalanishimiz, balki urushni to‘xtatish uchun Putinga bosim o‘tkazishimiz kerak. Trampning energiya va sanktsiyalar bo‘yicha qarori – bu biz kutgan narsa edi” dedi jumladan Zelenskiy.

Bir kun avval Zelenskiy Shvetsiya qirolligida rasmiy qabul qilindi. Shvetsiya shuningdek Ukrainaga  Gripen E qiruvchi uchoqlarini yetkazib berish yuzasidan hujjatni imzoladi.

Belgiya hukumati esa Ukrainaga F-16 qiruvchi uchoqlarini yetkazib berishini bildirdi.

O‘z navbatida Tramp Budapeshtda rejalangan Putin bilan uchrashuv rejasini bekor qildi. 

Bu bir foydasiz qaror bo‘lganini bildirdi Amerika prezidenti. 

Nihoyat Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19 jazo sanktsiyalari paketini imzoladi.

Unda jumladan Rossiyadan siqilgan tabiiy gaz haridiga taqiq, Rossiya diplomatlarining YeI hududida harakatlanishiga cheklovlar, Rossiyaning uchinchi davlatlardagi banklari, shirkatlari va kemalari harakatiga oid cheklovlar o‘rin olgan.

Tag‘in o‘qing
13 july 2024
“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan mashhur O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” Baxtiyor Qudratullaev va “jinoyat olami”ning yana 36 nafar vakiliga ...
26 march 2021
“Bilasizmi,” – deydi U sizga tikilib, – Nechun «Erk» deganda, Qushning nomin bog‘lab aytarlar, “Qushday erkinman”, deb aytarlar nega? ...
7 february 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan. Qiziltepa QFY turg‘uni Nigora ...
12 april 2017
2017 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari 68 yashar Bo‘ritosh Mustafoev yurak kasalligi bois yuzaga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...