Catira
23 november 2017

Rashidov qurdirgan Kinochilar uyini Mirziyoev buzmoqda

Toshkent markazidagi Kinochilar uyi va o‘ndan ortiq ma'muriy binolar poytaxt hokimligi qaroriga binoan buzilmoqda.

«Binolar o‘rniga «ToshboshplanLITI» davlat unitar korxonasi tomonidan rejalangan “Toshkent-siti” quriladi», dedi «Eltuz» muxbiri 23 noyabr kuni suhbatlashgan toshkentlik me'mor.

Kinochilar uyi (xalq orasida «Dom kino”) 1982 yili kinochi Malik Qayumov tashabbusiga asosan, o‘sha paytdagi Sovet O‘zbekistoni rahbari Sharof Rashidovning qo‘llovida qurilgan.

O‘zbekistonda Kinochilar uyi zarurligi haqida taniqli artist Yuriy Nikulin ham Rashidov bilan uchrashuv paytida aytgani eslanadi.

Kinochilar uyi o‘zbek ziëlilari uchun g‘arb kino maktabi namunalarini tomosha qilish imkonini yaratgan ilk maskan sifatida qadrlangan.

Bino ichida haykaltarosh Azamat Hatamov va Damir Ro‘ziboevga oid haykallar, mashhur keramika ustasi Aleksandr Kedrin yaratgan mayolika panno va SSSR davlat mukofoti sohibi Bahodir Jalol ijodiga mansub “Abadiyat elchilari” degan epik monumental freska mavjud. Freska sgraffito (ital. sgraffito) texnikasida ishlangan bo‘lib, alohida badiiy qimmatga ega.

Bino qurilishida novvotrang G‘azg‘on marmari ishlatilgan.

«Bunday dargohning, undagi san'at obidalarining buzib yo‘q qilinayotgani juda achinarlidir», dedi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan o‘zbek kinorejissyori Ulug‘bek Yo‘ldoshev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi Kinochilar uyi har yili o‘tkaziladigan turli tadbirlar va festivallarda dunyo san'atkorlarini o‘ziga jalb qiluvchi dargoh ham edi.

«Endi ular qaerga borishsin? Chilonzordagi eski «O‘zbekfilm» pavilonigami? Bu ketishda u yerlarning ham bugun-erta buzilishi tayin», deydi Yo‘ldoshev.

Rassom Tuz
Yeltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2021
“Abdulla G‘arip Prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi. ...
12 january 2024
Mana azizlar, yana sizlar bilan yuzma yuzman. Sizlarga yaxshi gap aytgim keladi. Ëmon gap aytib kimningdir ko‘ngliga ozor berganimdan ...
13 april 2018
Yaqin tanishimning qizi rus maktabida o‘qiydi. O‘zbek maktablarida ta'lim berish sifati pastligi bois farzandini shu maktabga bergan. Shunday bo‘lsa-da, ...
23 january 2023
2022 yil 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyatidagi “Indorama Agro” kompaniyasining 392 nafar ishchisiga ularning kompaniya xodimi sifatidagi mehnat shartnomalari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...